» » O‘zbekistonda sement va oyna monopol mahsulot turi qatoridan chiqariladi

O‘zbekistonda sement va oyna monopol mahsulot turi qatoridan chiqariladi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020—2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi” e’lon qilindi.

Hujjatda O‘zbekistonda sement va oyna ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni oshirilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, qurilish materiallari sanoatida geologiya-qidiruv ishlari, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida xomashyo bazasini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, sement va oyna ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni va quvvatini sezilarli darajada oshirish orqali, ushbu turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni demonopolizatsiya qilish va kelgusida sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan chiqarish ko‘zda tutilgan.

Sohadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB orqali xorijiy banklarning 175 million dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalari jalb qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют