» » Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykal Toshkent markaziga qayta ko‘chiriladi

Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykal Toshkent markaziga qayta ko‘chiriladi


Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatlarga tegishli 15 nafar yetim bolalarni o‘z panohi ostiga olgan Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasiga atalgan haykal Toshkent markaziga qayta ko‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz” Respublika xalqaro madaniyat markaziga tayanib.

Xalqlar do‘stligi monumenti ilgari shu nomli maydonga o‘rnatilgan edi, 2008-yilda esa u Toshkentning chekka qismiga ko‘chirilgan. Ammo endi haykalni yana shaharning markaziy qismiga keltirish rejalashtirilmoqda.

Respublika xalqaro madaniyat markazi ma’lum qilishicha, Shomahmudovlar oilasiga atalgan yodgorlikni ko‘chirish masalasi yil boshidan buyon ko‘rib chiqilmoqda. Uni aynan qayerga joylashtirish haqida bir nechta takliflar bildirilgan.

Haykalni ko‘chirish haqidagi hukumat buyrug‘i allaqachon chiqarilgan. Respublika xalqaro madaniyat markazi rahbariyati yodgorlik Do‘stlik bog‘i (avvalgi Bobur bog‘i)ga o‘rnatilishiga umid qilmoqda. Nashr eslatishicha, bog‘ yaqinida Respublika xalqaro madaniyat markazining yangi binosi joylashgan, bog‘ning o‘zida esa madaniyat markazlarining tadbirlari o‘tkaziladi.

Nashr ma’lumot o‘rnida qayd etishicha, Shomahmudovlar oilasi tarixi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani va rejissor Shuhrat Abbosovning “Sen yetim emassan” filmi uchun asos bo‘lgan. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latish, qozoq, nemis va tatarlar bo‘lgan.

Xalqlar do‘stligi monumenti Toshkentda 1982-yilda o‘rnatilgan. Uning mualliflari — haykaltarosh D.B. Ryabichev va arxitektorlar L.T. Adamov, S.R. Odilov.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют