» » Dastin Porye Toni Fergyusonga qarshi jang oldidan UFC’ga shart qo‘ydi

Dastin Porye Toni Fergyusonga qarshi jang oldidan UFC’ga shart qo‘ydi


Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Dastin Porye ayrim talablar evaziga Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazishga tayyor.

“Men tayyorman. Agar UFC haqiqatda bu jangni xohlayotgan bo‘lsa, u holda men munosib gonorar olishni xohlayman. Men mukofot puli uchun jang qilaman va u to‘g‘ri taqsimlanishi kerak”, — deydi Porye.

Porye va Fergyuson o‘rtasidagi jang UFC 254 musobaqasida o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Fergyuson MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, 25 marta g‘alaba qozongan va 4 bor mag‘lubiyatga uchragan. Porye esa 32 jangda 26 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Toni Fergyuson ijrosidagi eng sara nokautlarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют