» » Superliga. “Lokomotiv” kamchilikda o‘ynab so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

Superliga. “Lokomotiv” kamchilikda o‘ynab so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 14-turida “Lokomotiv” 10-sentabr, payshanba kuni “Andijon” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi o‘rtacha tempda kechdi va tanaffusga qadar darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida “temiryo‘lchilar” bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shahzod Shaymanov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Shunga qaramay mehmonlar bo‘lim so‘ngida g‘alabani ilib ketdi. G‘ulomhaydar G‘ulomov jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, jamoasining g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Andrey Miklyayev shogirdlarining ochkolarini 15 taga yetdi, jamoa 10-o‘rinda bormoqda. “Andijon” (6) esa so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahsi

Gollar: 0:1 – 90 G‘ulomov

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Xushnudbek Avilov, Farhodbek Bekmurodov (Shahboz Jumaboyev, 72), Siroj Meliyev (Qahramon Baxodirov, 59), Abdullo Olimov, Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov, Doniyor Abdumannopov, Nodir Mavlonov (Baxtiyorjon Qosimov, 59).

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Slavko Damyanovich, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev (Kirill Pogrebnyak, 73), Temurxo‘ja Abduxoliqov (G‘ulomhaydar G‘ulomov, 64), Azizbek Amonov (Ibrohim G‘anixonov, 73), Saveliy Abramov (Avazbek O‘lmasaliyev, 64), Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev

Ogohlantirishlar: Shaymanov (29).

Chetlatish: Shaymanov (68).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют