» » Moskva ko‘chalari bo‘ylab 100 ta klassik “Jiguli” avtomobillari harakatlanadi

Moskva ko‘chalari bo‘ylab 100 ta klassik “Jiguli” avtomobillari harakatlanadi


12-sentabr kuni Moskvada sobiq Ittifoq davriga tegishli mashinalar rallisi boshlanadi. “GUM-Avtoralli” bellashuvi yettinchi marotaba o‘tkazilmoqda, biroq 2020-yilda ishtirokchilar qatoriga “AvtoVAZ” ham kelib qo‘shiladi, deb xabar beradi Motor.

“GUM-Avtoralli” 1991-yilga qadar ishlab chiqarilgan avtomobillar ishtirok etadigan mamlakatdagi eng keng ko‘lamli musobaqa hisoblanadi. 2020-yilda poyga Lada modellarining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi: bundan yarim asr oldin — 1970-yilda Voljsk avtomobil zavodidan oltita “VAZ-2101” sedani ishlab chiqarilgan — ikkita ko‘k va to‘rtta olcha rang.

Moskva ko‘chalarida 100 ta klassik “Jiguli” harakatlanadi: 1970-yillardagi “VAZ-2101”, “2102”, “2103” va “2106”. Tadbir tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, barcha avtomobillar ekspertlar tomonidan qattiq tekshiruvdan o‘tkazilgan, orginal ehtiyot qismlarini saqlab qolgan va yaxshi texnik holatda. 1 raqami ostida “AvtoVAZ” prezidentining ekipaji startga chiqadi.

“GUM-Avtoralli” peshinda Kremldagi Spasskiy minorasidagi kurantlar bong urganida boshlanadi. Qariyb uch soat davom etadigan marshrut davomida avtomobillar Moskvaning eng gavjum ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz 2019-yilning oktabrida Toshkentda O‘zbekistonda motomavsumning yopilishiga bag‘ishlangan tadbir doirasida retro avtomobillar namoyishi ham bo‘lib o‘tgandi — unda asosan Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda ommaviy ishlab chiqarilgan avto namunalarini qatnashgan.

Mavzuga doir: Foto: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar va motosikllar “karvoni”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют