» » Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar

Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar


1967-yilda suratga olingan, rejissor Leonid Gaydayning shedevrlaridan biri bo‘lgan “Kavkaz asirasi” filmi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

“Kavkaz asirasi” filmining g‘oyasi “I operatsiyasi” filmining suratga olish jarayonida tug‘ilgan. Avvaliga film ikki qismdan iborat bo‘lgan, birinchisi biz uchun ma’lum bo‘lgan versiya. Ikkinchisiga ko‘ra esa, filmdagi ma’lum uchlik tog‘ga qochib ketgan va iziga tushgan militsiyani adashtirish uchun  u yerda qor odam bordek mahalliy aholini vahimaga solgan. Leonid Gayday voqealar rivoji qaysidir ma’noda Eldar Ryazzanovning komediyasini takrorlanishi deb hisoblab ikkinchi qismdan voz kechgan.

Aslida, film boshqacha boshlanishi kerak bo‘lgan, unga ko‘ra uchlikdan biri chiqib devorga x harfini yozishi, ketidan ikkinchisi chiqib u harfini yozishi va shu vaqtda militsiya sirenasining ovozi chiqishi bu vaqtda uchinchi qahramon chiqib “Xudojestvenniy film” deb yozishi kerak bo‘lgan. Nikulin tomonidan o‘ylab topilgan mazkur sahna rejissor tomonidan ham ma’qullangan, faqat senzura sabab bu sahna o‘tmagan.

1966-yilda Natalya Varley bu qadar mashhurlikka erishishini hayoliga ham keltirmagan. Sirkda ishlagan Natalya ba’zi filmlarda epizodik rollar ijro qilgan. Unga Gaydayning yangi filmida suratga tushish taklif qilingan vaqtda esa rejissor Nina roli uchun 500 dan ko‘p nomzodni sinab ko‘rishga ulgurgan edi. Ular orasida Natalya Kustinskaya, Larisa Golubkina, Anastasiya Vertinskaya bo‘lgan. Varley darhol rolga tasdiqlangan.

Hazil uchun shampan vinosi

Film ssenariysi ko‘p marta qayta yozilgan. Sevimli bo‘lgan dialoglar, hazil va kulgili jumlalarning ko‘pi suratga olish jarayonida tug‘ilgan. G‘oyalarning asosiy generatorlari Vitsin, Nikulin va Morgunov bo‘lgan. Rejissor omadli hazil jumla yoki sahna o‘ylab topganga bir shisha shampan vino berishini ma’lum qilgan. Eng ko‘p kulgili sahna o‘ylab topgan Nikulinga 24 shisha, Morgunovga 19 shisha va Vitsinga faqat bir shisha shampan vinosi berilgan. Bunga Vitsinning kulgili sahna o‘ylab topa olmagani emas, shampan vinosini yoqtirmagani sabab bo‘lgan.

Vitsin qat’iy ravishda spirtli ichimlik ichmaydiganlardan bo’lgan. Uchlik bochka oldida pivo ichishi aks etgan sahnani suratga olish jarayonida u stakanga na’matak siropi aralashtirilgan suv quyib berishlarini so‘ragan. Ammo bu kadrda ishonarli chiqmagan, keyin Nikulin pivo ko‘pigiga o‘xshashi uchun stakanga paxta solishni taklif qilgan, lekin bu g‘oya ham o‘zini oqlamagan. Shundan keyin Vitsin kadr uchun pivo ichishga rozi bo‘lgan va bu aktyorning hayoti va suratga olish maydonchasidagi birinchi hamda oxirgi ichgan spirtli ichimligi bo‘lgan.

Daryoga oqib ketgan Shurik

Filmdagi ko‘p tryuklarni aktyorlarning o‘zi bajarishiga to‘g‘ri kelgan. Jamoaning xavfsizligi yuqori darajada ta’minlangan, Natalya Varleyning akrobatikadan tajribasi borligi esa ayni muddao bo‘lgan. Lekin ba’zida rejadan tashqari hodisalar ham yuz berib turgan. Aleksandr Demyanenko ijro qilgan Shurikning zamokli qop ichiga kirganidan keyin jarlikdan suvga tushish sahnasi detallari xavfsizlikka amal qilingan holda yaxshilab o‘ylangan uch qismdan iborat bo‘lgan. Lekin suvga yiqilish sahnasida kimdir hayallab qolgan va Shurik daryo suvi bo‘ylab oqib ketgan. Aynan shu kadrlar filmdan o‘rin olgan. Suratga olish jamoasi darhol Shurikni suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, bunga qadar aktyor yetarli darajada qo‘rquv nimaligini his qilib bo‘lgan.

Morgunov bilan kelisha olmagan Gayday

“Kavkaz asirasi” Gayday tomonidan o‘ylab topilgan afsonaviy uchlik birgalikda rol o‘ynagan so‘nggi film bo‘lgan. Gaydayga suratga olish maydonchasida Morgunov o‘zini tutishi va yulduzlik kasalligiga chalingani yoqmagan. Morgunov rejissor bilan har qanday vaziyatda bahslashib uning fikriga qarshi chiqqan. Aktyorning o‘zini tutishi hiqildog‘iga kelgan Gayday filmning yopiq namoyishidan keyin yoqalashib ketishiga bir baxya qolgan. Bunga muxlislari qurshovida bo‘lgan Morgunovning katta ketgani, Gayday dakki berganidan keyin esa mushtlashmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. Shundan keyin Gayday aktyor ishtirok etadigan sahnalarni ssenariydan o‘chirib tashlagan.

Filmda Nina rolini Natalya Varley ijro qilishiga qaramay, unga Nadejda Rumyanseva ovoz bergan, qo‘shiqni esa uning nomidan professional xonanda Aida Vedisheva kuylagan. Varley har safar ushbu filmni ko‘rganida boshqa odam ovozi bilan gapiradigan qahramonini ko‘rish og‘irligini ta’kidlagan.

Davomi bo‘lishi mumkin edi...

“Kavkaz asirasining” suratga olish jarayonida ijodkorlarda filmni davom ettirish g‘oyasi tug‘ilgan. Syujetga ko‘ra, Ninaning olib qochilishini tashkillashtirgan o‘rtoq Saaxov qamoqqa tushishi kerak bo‘lgan. Bu vaqtda Nina rahbarlik lavozimini egallaydi va taqdir taqozosi bilan ularning ikkisi qayta uchrashadi. Ammo g‘oya g‘oyaligicha qolgan va Gayday “Brilliant qo‘l” ssenariysiga sho‘ng‘ib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют