» » Farg‘onada 50 million so‘mlik xo‘rozni o‘g‘irlab ketgan shaxs qidirilmoqda

Farg‘onada 50 million so‘mlik xo‘rozni o‘g‘irlab ketgan shaxs qidirilmoqda


Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida noma’lum shaxs 7-sentabr kuni “Mergan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B. Sh.ning narxi 50 million so‘m bo‘lgan xo‘rozini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Mergan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B. Sh. ichki ishlar organiga murojaat qilib, 7-sentabr kuni soat 12:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning tovuqxonasiga kirganini, bitta xo‘rozini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Noma’lum shaxs B.Sh.ning uyiga devordan oshib o‘tgan va tovuqxonadan bahosi 50 million so‘m bo‘lgan xo‘rozni o‘g‘irlab ketgan.

Jabrlanuvchining murojaati asosida holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют