» » O‘zbekistonda 10-sentabr kuni 749 kishida koronavirus aniqlandi. Bu eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija

O‘zbekistonda 10-sentabr kuni 749 kishida koronavirus aniqlandi. Bu eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija


O‘zbekistonda 9-sentabr soat 23:30 dan 10-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 749 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 39 kun ichidagi eng yuqori natija. Shuningdek, eng ko‘p koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan kunlar orasida 3-natijadir (1-avgustda 774 kishida, 2-avgustda 770 kishida COVID-19 qayd etilgandi). Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 45679 nafarga yetdi. 

Yangi kasallangan 749 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng uchinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi. Bu uchala kunning bari oxirgi 3 kunga to‘g‘ri keldi.

SSV Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev koronavirus asoratlaridan vafot etganini uning o‘limidan ikki kun o‘tib tasdiqladi.

Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashagan 46 yoshli S.T. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi bilan og‘ir ahvolda davolanayotgan 39 yoshli F.Rustamov shifoxona xodimlari tomonidan viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseriga o‘tkazilgan va shundan keyin vafot etgan. Ushbu o‘lim holati Bosh prokuraturaning Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tafsilotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Xabar berilishicha, 2020-yil 10-avgust kuni fuqaro Sh.Minbayev Chirchiq shahar prokuraturasiga murojaat qilib, Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi bilan og‘ir ahvolda davolanayotgan qarindoshi F.Rustamov 1-avgust kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari tomonidan viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseriga o‘tkazilganligini bildirgan. F.Rustamov 2-avgust kuni sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan. Shu sababli, uning qarindoshi aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘lishiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, bemor F.Rustamovning somatik holati og‘irligi, unda nafas yetishmovchiligi mavjudligi va reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramasdan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokorining ko‘rsatmasi bilan ushbu bemor og‘ir ahvolda viloyat Ruhiy kasalliklari dispanseriga yuborilgan. Shu bilan birga, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida F.Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixida bemor COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan.

Shifoxona tomonidan F.Rustamov koronavirusdan tuzalganligi bo‘yicha soxta ma’lumotlar berilganligi tufayli ham SSV uni vafot etganlar ro‘yxatiga kiritmagan. “Daryo” hisobi bo‘yicha u koronavirusning O‘zbekistondagi 384-qurboni bo‘ldi.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 81 yoshli T.K. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashagan 60 yoshli J.X. ismli ayol vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashagan 76 yoshli Q.H. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 373 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 387 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2751 nafar bemordan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

10-sentabr kuni O‘zbekistonning 9 ta hududida 343 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda beshinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Bir kun oldin bu boradagi ko‘rsatkich 94 foiz edi. 1,5 oy ichida birinchi marta davolanish ko‘rsatkichi pasaydi. 21—23-iyul kunlari davolanish ko‘rsatkichi 53 foiz edi, 24-iyuldan bugungi kungacha bu ko‘rsatkich faqat ijobiy tomonga o‘zgarayotgan edi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют