» » O‘zbekistonning 9 ta tumaniga davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi

O‘zbekistonning 9 ta tumaniga davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi


Davlat soliq xizmati organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga ko‘ra 9 ta tuman davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Seitov Aydos Iskenderovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Aydos Seitov 1985-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

A.Seitov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2010-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining Ruxsatnoma byuro navbatchisi lavozimidan boshlagan. Aydos Seitov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Qurbonov Lochinbek Inomidinovich Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Lochinbek Qurbonov 1988-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2010-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

L.Qurbonov bundan avval Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2011-yilda Andijon shahar DSI Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni yig‘ish va mablag‘larni to‘liq tushishini nazorat qilish sho‘basi davlat soliq inspektorligidan boshlagan. Lochinbek Qurbonov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Ablazov Qobiljon Sobirovich Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qobiljon Ablazov 1972-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Q.Ablazov bungacha qadar Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Mo‘minov Elmurod Inomovich Andijon viloyati Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Elmurod Mo‘minov 1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Farg‘ona soliq kollejini tamomlagan, 2008-yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

E.Mo‘minov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2008-yilda Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish sho‘basi bosh inspektorligidan boshlagan. Elmurod Mo‘minov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Umarov Orzumurod Fayzullayevich Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Orzumurod Umarov 1976-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Agronom hisobchi, avtotransport korxonalari menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Umarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. Orzumurod Umarov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Berdiyev Sherali Oltinovich Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sherali Berdiyev 1978-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. 2011-yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Berdiyev bundan avval Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 1999-yilda Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi uchastka davlat soliq inspektori, katta inspektori lavozimidan boshlagan. Sherali Berdiyev Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Ro‘zimurodov Alijon Hamzayevich Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Alijon Ro‘zimurodov 1985-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2010-yilda Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ro‘zimurodov bunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2007 yilda Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan. Alijon Ro‘zimurodov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Bababekov Vohidjon Vaxobovich Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Vohidjon Bababekov 1977-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1996-yilda Farg‘ona industrial texnikumini, 2006-yilda Farg‘ona politexnika institutini “Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik tahlili, moliyachi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Bababekov bunga qadar Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 1996-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisob-kitob, tahlil va soliq statistikasi bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan. Vohidjon Bababekov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Qoraboyev Nurlibek Shakarboyevich Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurlibek Qoraboyev 1985-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

N.Qoraboyev bundan avval Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Soliq organlaridagi faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan. Nurlibek Qoraboyev Soliq xizmatining I darajali inspektori.

2020-yil iyun oyida Oqdaryo tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Elyor Tolliyev Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan, iyulda esa Olovuddin Inog‘omovning Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют