» » Donald Tramp Kim Chen Inga past baho berish kerak emasligini aytdi

Donald Tramp Kim Chen Inga past baho berish kerak emasligini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In sog‘-salomat ekanligini ma’lum qildi. Tramp bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Kim Chen In sog‘-salomat. Hech qachon unga past baho berish kerak emas”, — deb yozgan Tramp.

OAVlarda bir necha marta KXDR yetakchisining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar chiqdi. Bu xabarlar Kim Chen Inning omma oldida kam ko‘rinishi bilan bog‘liq.

Xususan, aprel oyida CNN telekanali Kim Chen Inning ahvoli o‘tkazilgan operatsiyadan keyin yomonlashgani haqida xabar bergan. Telekanal manbasi Kim Chen In ko‘p yillardan beri birinchi marta Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Senning 15-apreldagi tug‘ilgan kuni marosimida qatnashmaganiga e’tibor qaratgan.

Keyinroq Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In operatsiya qilingani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganini ma’lum qilgan. May oyining oxirida Kim Chen In uch haftalik tanaffusdan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qilgan.

Avgust oyining oxirida Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini singlisi Kim Yo Chjonga topshirgani haqida xabar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют