» » Samsung kompaniyasi har bir Galaxy Note20 Ultra’ni sotishdan qancha foyda ko‘radi?

Samsung kompaniyasi har bir Galaxy Note20 Ultra’ni sotishdan qancha foyda ko‘radi?


Samsung Galaxy Note20 Ultra 2020-yilda taqdim etilgan eng qimmat flagmanlardan biri hisoblanadi. AQShda gadjet 1300 yoki 1450 dollardan (soliqlarni hisobga olmaganda) sotilmoqda, deb xabar beradi IXBT.

Samsung kompaniyasi bu kabi apparatni ishlab chiqarish uchun qancha mablag‘ sarflaydi? Counterpoint mutaxassislari smartfonning tarkibiy qismlarini 468 dollarga baholadi, uni yig‘ish va testdan o‘tkazish, qadoqlash, aksessuarlari va boshqa xarajatlar bilan birga esa — 548,9 dollar.

Shunday qilib kompaniya har bir Galaxy Note20 Ultra’ni sotishdan 750 dollardan ortiq mablag‘ ishlaydi. Albatta, buning ichidan qurilmani yaratish, logistika, marketing va boshqa ko‘plab xarajatlar o‘rin olmagan. Shuningdek, bu kabi baholashda SoC Snapdragon 865+ modifikatsiyasi hisobga olingan. Exynos 990 versiyasi bundan ham arzonroq bo‘lishi mumkin.

Smartfonning eng qimmat tarkibiy qismi antennali platformasi (154,2 dollar) va ekrani (91,5 dollar) hisoblanadi.

Bundan tashqari, “lokalizatsiya” darajasi tasvirlangan diagrammadan ko‘rish mumkinki, Samsung barcha tarkibiy qismlarning 50 foizini o‘zi ishlab chiqaradi.

Mavzuga doir: Foto: Samsung Galaxy Note20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va Samsung’ning boshqa flagmanlariga qarshi

Avvalroq YouTube’dagi PhoneBaff kanali mutaxassislari iPhone 11 Pro Max hamda bozorda birinchi bor Gorilla Glass Victus himoya oynasiga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Note20 Ultra’ni o‘zaro taqqoslab, ularning qaysi biri zarbalarga bardoshli ekanligini aniqlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют