» » Samarqandda Afrosiyob tezyurar poyezdi 3 ta chorva molini bosib ketdi

Samarqandda Afrosiyob tezyurar poyezdi 3 ta chorva molini bosib ketdi


Samarqand viloyatida Afrosiyob tezyurar poyezdi qarovsiz qoldirilgan 3 bosh chorva hayvonlarini bosib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 6-sentabr kuni soat taxminan 10:17 atrofida Toshkent—Samarqand—Buxoro yo‘nalishida harakatlangan 762-sonli Afrosiyob tezyurar yo‘lovchi poyezdi Kattaqo‘rg‘on—Ziyovuddin bekatlari oralig‘ida temiryo‘l hududiga kirib qolgan 3 bosh mayda shoxli chorva molini urib yuborgan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu bir bosh qo‘y, bir bosh qo‘zi, bir bosh uloqchani 1996-yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Q. qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Sodir bo‘lgan ushbu holat boshqa poyezdlar qatnoviga xalaqit bermagan.

Fuqaro M.Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-moddasi 2-qismiga asosan 111 500 so‘m jarima qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют