» » Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan fermer xojaligi rahbari qolga olindi

Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan fermer xojaligi rahbari qolga olindi


Kosonsoy tumanidayashovchi xususiy tadbirkor 2020-yil 29-avgust kuni Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga firibgarlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Daryoga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Murojaatdan malum bolishicha, tadbirkor ishlab chiqarish sexi tashkil etish maqsadida 25-avgust kuni Namangan tumaniga borgan vaqtda ozini fermer xojaligi rahbari deb tanishtirgan Avaz ismli shaxs bilan tanishib qoladi va unga bino qurish uchun yer qidirib yurganini bildiradi. Shundan song Avaz tumandagi Zarbdor MTP hududida 28 sotix yer maydonini korsatib, ushbu yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini, 50 ming dollarini oldindan bersa Namangan tumani hokimligida ishlovchi tanishlari bilan uchrashtirishini aytadi.

Tadbirkorning arizasiga asosan 29-avgust kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bolimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etildi. Tadbirga xolislar jalb etilib, 10 ming dollar hamda 100 million som ajratiladi va pullarga ekspert-kriminalistika bolimi xodimlari tomonidan kimyoviy usulda pora yozuvlari tushirilgan.

Shu kuni Namangan shahri, Gozal dahasidagi oshxonalardan birida Avaz ismli shaxs tadbirkordan 10 ming AQSh dollari va 100 million somni firibgarlik yoli bilan olgan paytida ushlandi.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxsning ismi Avaz emasligi hamda uning fermer xojaligi yoki hokimlikka daxli yoqligi malum bolgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-09-2020, 16:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -