» » O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida partiyaning Kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy sarhisob qilindi va galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, hayotning o‘zi bugun oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan juda muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Shunday bo‘lishi tabiiy. Negaki, mamlakatimiz ayni paytda rivojlanishning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda “...O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.

Qo‘yilgan maqsadlarga albatta erisha olishimizga esa hech bir shubha yo‘q. Bu qo‘yilgan maqsadning tub negizida olijanob bir intilish – shu yurtda yashayotgan insonlar hayotini tubdan yaxshilash, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlashdek intilishlar yotibdi. Bugun “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga singib ulgurdi. Aynan inson manfaatlari mamlakatimizni uchinchi renessansga tomon boshlovchi bosh g‘oyaga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jamiyat hayotida tub burilish davri bo‘lmish bunday pallalarda barchani oldinga, yangi ufqlarga boshlovchi o‘ziga xos yetakchi qatlam - jamiyat lokomotivlari alohida rol o‘ynaydi.

Yurtimiz taraqqiyotida mutlaqo yangi sifat darajasini boshlab berayotgan bugungi mas’uliyatli pallada o‘zining yaratuvchanlik qobiliyatini bilan nafaqat o‘z oilasini, balki butun jamiyatning farovonligini ta’minlashga, dasturxonini to‘kin qilishga xizmat qilayotgan qatlam bo‘lmish tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar qatlami jamiyatning ana shunday lokomotiviga aylangani sir emas.

Bu esa aynan shu qatlam nomidan O‘zbekiston siyosiy sahnasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi oldida juda katta mas’uliyatli vazifalarni qo‘yishi aniq.

Chunki, bugun jamiyatning yetakchi kuchiga aylangan – lokomotiv qatlam vakillariga jamiyat va xalq oldidagi o‘z tarixiy missiyasini uddasidan chiqishi, mamlakatimizni taraqqiyotning mutlaqo yangicha, innovatsion bosqichiga o‘tishini ta’minlashi uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, qishloqlarda esa fermerlik harakatiga keng yo‘l ochilishini ta’minlashga o‘z hissasni qo‘shishi kerak.

Partiya tuzilmalari tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilinar ekan, masalaga ana shunday yondashish va shu asosda aniq va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligi ta’kidlandi. Bunda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni qamrab oladigan vazifalar aniq aks etishi lozimligi alohida aytib o‘tildi.

Bu borada partiya Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va samarali amalga oshirish ham nihoyatda muhim. Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy ta’lim muasassalarida ham tadbirkorlik darslarini o‘tish, Tadbirkorlar akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish shular jumlasidandir. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqib, bu borada yangi strategiya va yondashuvlar aosida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Ochig‘i ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar saylovchilar kutgan darajada amalga oshirilayapti, deb ayta olmaymiz.

Yana bir kechiktirib bo‘lmas muhim masala bu – Tadbirkorlik va Investitsiya kodekslarini tezroq ishlab chiqishdir. Binobarin, tadbirkor va investorlar uchun oddiy, tushunarli va yaxlit qonunchilik asoslarini yaratish partiya faollarining bu boradagi ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishiga bog‘liq.

Muhokamalar davomida partiyaning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan “Yoshlar qanoti” faoliyatini takomillashtirish, partiyaga yoshlarni keng jalb qilish uchun oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, 2020-yil 1-sentabr holatiga “Yoshlar qanoti” tarkibida 390 130 nafar yoshlar birlashgan bo‘lib, ular jami partiya a’zolarining 52 foizini tashkil qilmoqda. Sifat tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 181 978 nafari (46%)ni talabalar, 20 869 nafari (5,6%)ni ma’muriy boshqaruv idoralarida, 26 931 nafari (7%)ni ta’lim sohasida, 23 931 nafari (6,3%)ni fermerlik, 82 131 nafari (22%)ni tadbirkorlik va 54 290 nafari (14%)ni boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi yoshlardan iborat.

Partiya oldida turgan asosiy vazifa faol yoshlarni bir g‘oya atrofida jipslashtirib, partiyaning targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng va samarali foydalanishning yangicha mexanizmini yaratishdan iborat. “Yoshlar qanoti” faoliyatini mutlaqo yangicha talablar asosida qayta ko‘rib chiqish, partiya a’zolari safini bilimli, vatanga sodiq, shijoatli yoshlar bilan kengaytirish, ularning salohiyati hamda intilishlarini faol qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq dasturiy chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shu asosda ishlar tizimli tashkil etilsa, yoshlar bilan ishlash, ular bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilsa, partiya kelajagiga sarmoya kiritiladi.

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olgani alohida ta’kidlandi.

Shu ma’noda partiyaning ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini bugungi talablar asosida qayta ko‘rib chiqish, uning veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, bloglari faoliyatini yanada yaxshilash va jonlashtirish, xususan, internet tarmog‘idan foydalanishning yangi usullarini joriy etgan holda partiya rahbariyati, fraksiya a’zolari, hududiy tashkilotlari vakillarining veb-sahifalarida chiqishlari sonini ko‘paytirish ayni muddaodir. Zero OAV qilinayotgan ishlarni aholiga yetkazish bilan birga jamoatchilik nazoratining eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Qizg‘in muhokama, amaliy taklif va tavsiyalarga boy tarzda o‘tgan yig‘ilish so‘nggida kun tartibidagi tashkilish masalalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 1) ( 91) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...