» » Angliya hayvonot bog‘idagi so‘kong‘ich to‘tiqushlarni tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatish taqiqlandi

Angliya hayvonot bog‘idagi so‘kong‘ich to‘tiqushlarni tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatish taqiqlandi


Angliyaning Linkolnshir grafligida joylashgan yovvoyi tabiat bog‘idagi so‘kinadigan to‘tiqushlarni ommaga ko‘rsatmaslikka qaror qilindi. Bunga qushlarning tashrif buyurganlarni so‘kkani sabab bo‘lgan, deb yozadi The Sun.

Hayvonot bog‘i rahbari Stiv Nikolsning so‘zlariga qaraganda, izolyatsiya vaqtida qushlarning tinimsiz haqorat qilishi va so‘kinishi egasining joniga teggani sabab u to‘tilarini hayvonot bog‘iga berib yuborgan. Qushlar nazoratchilardan birini “semiz” deb haqoratlagan, tashrif buyurganlarga bo‘lsa qo‘pol ravishda “yo‘qol” deb aytgan. Ulardan biri so‘kinishni boshlagan, qolganlari davom ettirgan.

Nikolsning qo‘shimcha qilishicha, to‘tiqushlar e’tibor jalb qilishni yaxshi ko‘radi. Shu sabab ular bir-biri bilan urishib, so‘kinadi keyin bo‘lsa baland ovozda kuladi.

Hayvonot ma’muriyatiga hali qushlar ustidan shikoyat bo‘lmagan. Qushlarning to‘satdan so‘kib yuborish ehtimoli borligi sabab ular tashrif buyuruvchilar ko‘zidan uzoq saqlanadi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют