» » O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari birinchi yarim yillikda 64,9 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari birinchi yarim yillikda 64,9 trln so‘mni tashkil etdi


Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risida axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan budjet parametrlari doirasida hamda Prezidentning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlari, shuningdek, hukumat va Inqirozga qarshi kurashish komissiyasining qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Dunyo miqyosida kechayotgan global o‘sish sur’atlari pasayishi jarayonining mamlakat iqtisodiyotga ham ta’sir etishi natijasida 2020-yil birinchi yarim yili yakuniga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 255,3 trillion so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ni tashkil etgan.

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjet 2020-yil birinchi yarim yili daromadlari 71,6 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 28,8 foiz, xarajatlari esa 80,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32,4 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat budjetining 2020-yil 6-oylik daromadlari 58,2 trillion so‘mga yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3 foizga ijro etilgan. Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga ko‘p mablag‘ tushirilishiga erishilgan.

Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligi xarajatlari 64,9 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan. Natijada 23,1 trillion so‘m miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda 5,0 trillion, so‘m miqdoridagi ish haqiga nisbatan ajratmalar to‘liq va muddatida moliyalashtirilgan.

Shu bilan birga, o‘tgan 6 oy davomida iqtisodiyot xarajatlariga Davlat budjetidan 9,0 trillion so‘m yoki jami xarajatlarning 13,9 foizi, investitsiya xarajatlariga esa 6,0 trillion, so‘m yoki jami xarajatlarning 9,2 foizi sarflangan.

Hisobot davrida sog‘liqni saqlash, nafaqa va moddiy yordam to‘lovlari, iqtisodiyot va investitsiya xarajatlarining o‘sishi yuqori bo‘lishiga mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar asosiy omil bo‘lgan.

Xususan, 2020-yilning 1-iyul holatiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5,6 trillion so‘mlik koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, tadbirkorlikni va aholi bandligini ko‘llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar moliyalashtirilgan.

Xususan, 2020-yilning birinchi yarim yilida mahalliy budjetlarning daromadlar prognozi jami 10,2 trillion so‘m etib belgilangan va reja amalda 12,9 trillion so‘mga ijro etilgan. Bunda asosan hududlarda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, kam quvvatli korxonalarning ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va legallashtirish, soliq qarzini qisqartirish, kameral o‘rganishlar o‘tkazish orqali belgilangan prognoz rejalar ijrosi ta’minlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda davlat budjeti daromadlari qanday soliq turlari hisobiga shakllangani ma’lum qilindi

Majlisda mahalliy budjetlarning hududlar bo‘yicha umumiy daromadlar prognozi bajarilgan bo‘lsa-da, ammo ayrim soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja-topshiriqlari bajarilmagani ta’kidlandi. Jumladan, 2020-yilning 1-iyul holatiga mahalliy budjetlarga soliqlardan qarzdorlik 2,9 trillion so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 112 milliard so‘mga oshgan. Mahalliy budjetlarning Davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 22,1 foizni, uning jami xarajatlardagi ulushi 31,1 foizni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining tarqalishi, karantin choralarining qo‘llanilishi natijasida mahalliy budjetlar xarajatlariga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritilgani ta’kidlandi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlar xarajatlaridan qariyb 1 trillion so‘mga maqbullashtirilgan. 2020-yilning 27-28 aprel kunlari kuchli shamol oqibatida Buxoro viloyatida zarar ko‘rgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma obyektlariga 164 milliard so‘m hamda 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga joriy yilning yarim yilida 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Qolaversa, 2020-yil 1-apreldan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida, 2020-yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar soni 657,8 ming (+ 60,3 ming) ta oilani tashkil etib, ularga qo‘shimcha nafaqalarni to‘lash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 211,8 milliard so‘m mablag‘ nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 91,3 milliard so‘m moliyalashtirib berilgan.

Shuningdek, hisobot davrida aniqlangan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Jumladan, aniqlangan qo‘shimcha daromadlarga nisbatan 51,7 milliard so‘mlik mablag‘larning budjetga undirilishi ta’minlanmagan.

Shu bilan birga, pandemiya sharoitida mahalliy budjetlar daromadlarining o‘z muddatida tushmaganligi natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik kassa uzilishi oldini olish hamda belgilangan xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish maqsadida hisobot davrida mahalliy budjetlarga respublika budjetidan 626 milliard so‘m budjet transfertlari ajratilgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 7 669 ta mikrofirma, kichik korxona va YaTTlarning mol-mulk, yer va suv solig‘ini 2020 yil 1-oktyabrga qadar kechiktirib to‘lash uchun 132,7 milliard so‘m imtiyozlar berilgan.

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikda 58,2 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют