» » Tramp AQShning boshqalarga noma’lum qurollari borligini ma’lum qildi

Tramp AQShning boshqalarga noma’lum qurollari borligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda hech kim bilmaydigan qurollar mavjud. Bu haqda u Michigan shtatiga uchishdan oldin jurnalistlarga aytgan, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Bizda hech kim bilmaydigan tizimlar mavjud. Rostini aytsam, shu holda qolsa yaxshi bo‘ladi”, – dedi Oq uy rahbari.

Uning ta’kidlashicha, AQSh “mukammal qurollar”, shu jumladan, yadroviy qurollarni yaratmoqda. Unga ko‘ra, hukumat so‘nggi uch yarim yil ichida armiyaga 2,5 trillion dollar sarflagan va hozirda Amerika armiyasi “har qachongidan ham kuchli”.

Amerikalik jurnalist Bob Vudvord o‘zining yaqinda chop etiladigan “Rage” kitobida Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQShda na Rossiya, na Xitoyda mavjud bo‘lgan yadroviy tizim mavjudligini yozgan.

Avvalroq Tramp Qo‘shma Shtatlarda “super-puper” deb atagan gipertovushli raketa ishlab chiqilishi haqida aytgandi. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketa hozirgilarga qaraganda 17 baravar tezroq bo‘ladi va 1,6 ming kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.

Keyinchalik CNN Pentagonning yuqori lavozimli amaldoriga murojaat qilib, “super-puper” raketasi shu yilning mart oyida Tinch okeanida sinovdan o‘tgani haqida xabar berdi. Sinovlar paytida uning tezligi ovoz tezligidan 17 marta oshib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют