» » Krishtianu penalti ura olmasa-da, “Real” zafar quchdi. “Barselona”da yirik g‘alaba

Krishtianu penalti ura olmasa-da, “Real” zafar quchdi. “Barselona”da yirik g‘alaba


Ispaniya La ligasining 35-turida uch yetakchi klubning barchasi zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘tgan tur o‘z maydonida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bergan Madridning “Atletiko” klubi bu safar “Las-Palmas” maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytib keldi. Diyego Simeone Kevin Gameyroni asosiy tarkibga qo‘yib adashmagani uchrashuv yakunida ayon bo‘ldi.

Poytaxtning boshqa bir klubi “Real” esa o‘z maydonida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bunda Marseloning goli muhim o‘rin tutdi.

“Valensiya”ga qarshi bellashuvda Krishtianu Ronaldu penaltidan aniq foydalana olmadi. Darvozabon Diyego Alves shu kunga qadar Ronaldu bilan to‘rt bor duelda qolgan bo‘lib, shularning 3 tasida Krishtining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Va nihoyat Kataloniyaning “Barselona” klubi derbida yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Luis Suares dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi
35-tur o‘yinlari
29-aprel, shanba

Gollar: Karlos Vela, 45 (1:0). Adrian Ramos, 65 (1:1). Xuanmi, 84 (2:1).

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 27 (1:0). Daniel Parexo, 82 (1:1). Marselo, 86 (2:1).
Noaniq penalti: Krishtianu Ronaldu, 57 (R).

Gollar: Kevin Gameyro, 2 (0:1). Saul, 17 (0:2). Kevin Gameyro, 18 (0:3). Tomas, 72 (0:4). Fernando Torres, 90+1 (0:5).
Chetlatish: Kevin-Prins Boateng, 65 (L).

Gollar: Luis Suares, 50 (0:1). Ivan Rakitich, 76 (0:2). Luis Suares, 87 (0:3).

Опубликовано: admin (30-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют