» » Ernan Krespo Messining “Barselona”dan ketishi uchun unga kim yetishmaganligini aytdi

Ernan Krespo Messining “Barselona”dan ketishi uchun unga kim yetishmaganligini aytdi


Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Ernan Krespo Lionel Messining “Barselona”dan ketishga urinishi borasidagi voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.

Muammo shundaki, Xorxe Messiga hurmatni saqlagan holda aytish kerak, bunday holatlarda yoningda professional bo‘lishi kerak.

Professional agent bilan gaplashish, ota bilan suhbat qurishdan farq qiladi. Agent o‘yinchining oilaviy va boshqa muammolariga e’tibor qilmaydi. Bunday vaziyatlarda o‘z ishining ustalari kerak.

Hozirda men gapirayotgan vaziyat ancha avval boshlangan. Ayrim savollarni vaziyat o‘z chegarasiga yetib kelgunga qadar hal qilish kerak edi, hozir emas. Men Xorxe Messining ishlarini qoralamoqchi emasman, ammo buni avvalroq bir yoqlik qilish kerak edi.

U shartnomani muhokama qilish uchun necha marta muzokara o‘tkazganini bilmayman. Leoning “Barselona” bilan amaldagi kelishuvini uzaytirish oddiy narsa, bunda katta tajriba kerak emas. Muammo mana shunga o‘xshash holatlarda kuzatiladi.

Ernan Krespo, sobiq futbolchi

Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyida “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilmoqchi bo‘lgandi. Biroq katalon klubi shartnomadagi mazkur bandning muddati o‘tganini va o‘yinchini tekinga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Keyinroq Messi jamoa bilan sudlashish niyati yo‘qligi sabab yana bir mavsum “Barselona”da qolishini ma’lum qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют