» » Parijda ijaraga olingan Audi 13 ta avtomobil bilan to‘qnashib, ikkiga bo‘linib ketdi (video)

Parijda ijaraga olingan Audi 13 ta avtomobil bilan to‘qnashib, ikkiga bo‘linib ketdi (video)


O‘tgan dam olish kunlari Parij yaqinida ijaraga olingan Audi R8 haydovchisi ommaviy yo‘l-transport hodisasini yuzaga keltirdi. U avtoturargohdagi 13 ta mashina bilan to‘qnashib, R8’ni ikkiga bo‘lib yuborgan — avtomobil dvigateli bir necha metrga uchib ketgan. Avariya oqibatida hech kimga jarohat yetmagan, hatto superkar haydovchisiga ham, deb xabar beradi Motor.

Guvohlar sodir bo‘lgan YTH oqibatlarini tasvirga olgan. Avtoturargohdagi mashinalarning aksariyatining orqa va chap yon tomoniga shikast yetgan. 500 ot kuchli V10 motoriga ega Audi R8 superkardan bir necha metr nariga uchib ketgan, uning parchalari esa o‘tish qismi bo‘ylab sochilib yotibdi.

Rod?o de voiture ? Nanterre cette nuit . De lourds d?g?ts . pic.twitter.com/zhWdmBRyDL

— Mason???? (@Mason2901) September 6, 2020

Le Parisien ma’lumotlariga ko‘ra, havorang R8 mahalliy ijara kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u to‘y marosimi uchun bir erkakka ijaraga berilgan. Avariyani yuzaga keltirgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan, politsiya hamon uni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak mashina ichida do‘sti bilan birga bo‘lgan, biroq bu hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Avvalroq dunyodagi eng yirik ijara avtomobillar servislaridan biri bankrotligini e’lon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Amerikadagi ijara servisi avtomobillarga ulkan tibbiy niqob taqib qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют