» » O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinmoqda

O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinmoqda


O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Shu yilning 14-sentabr kunidan belgilangan sanitariya talablariga javob bergan maktablarda mahalliy xalq deputatlari kengashlari qarori bilan ta’lim jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Bu jarayonda ikki muhim masalaga diqqat qilinishi kerak. Bir tomondan mamlakatdagi 6,2 million nafardan ortiq o‘quvchining salomatligini saqlash muhim bo‘lsa, boshqa tomondan ularga ta’lim beradigan yarim million nafarga yaqin xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchilarning salomatligini asrash har bir rahbardan katta mas’uliyat talab qiladi”, — deb ta’kidlangan xabarda.

Mavzuga doir: “Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qiladi” – Sherzod Shermatov

Qayd etilishicha, shu maqsadlarni ko‘zda tutgan holda ayni vaqtga qadar “O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.

Umumta’lim maktablarida sanitariya talablariga amal qilinishi bo‘yicha maktab mutasaddilariga ko‘mak berish maqsadida 10 ming nafardan oshiq tibbiyot xodimi biriktirildi.

2020-yil 11-sentabr holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining jami 486 521 nafar o‘qituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi.

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan o‘rganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan o‘qituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqandning Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlandi

Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani ko‘rinmoqda. Bunday o‘qituvchilarimiz uy sharoitida davolanishga o‘tkazilib, belgilangan davo muolajalarga ko‘ra, ularga bepul koronavirus bokslari (aptechkalar) yetkazib berilyapti.

Shuningdek, bunday o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lganlar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari tomonidan aniqlanib, ularning ro‘yxatlari karantin tadbirlarini joriy etish uchun hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yuborilmoqda.

“Bu sa’y-harakatlardan muddao millatimiz muallimlarining salomatligini asrash va ulardan ta’lim oladigan yosh avlodning sog‘ligini himoya qilishdir”, — deb ta’kidlangan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 26-avgust kuni qabul qilingan tegishli qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini markazlashgan tartibda grippga qarshi bepul emlash belgilangan.

Yangi 2020/2021-o‘quv yili rasman 14-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin. Sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib boradi. 7-sentabr kuni 6 oy deganda 329 ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Xususan, Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют