» » Eron hukumati 2018-yilda norozilik namoyishlarida qatnashgan 27 yoshli kurashchini qatl qildi

Eron hukumati 2018-yilda norozilik namoyishlarida qatnashgan 27 yoshli kurashchini qatl qildi


Eronlik 27 yoshli kurashchi Navid Afkari norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun o‘lim jazosiga hukm etilgani haqida xabar berilgan edi. Eron hukumati 12-sentabr kuni sportchiga nisbatan e’lon qilingan jazoni ijro etdi. Bu haqda Fars agentligiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Afkari 12-sentabr kuni ertalab qatl etilgan.

O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron hukumatini Afkariga nisbatan o‘lim jazosini ijro etmaslikka chaqirgandi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, jangchining barcha jinoyati “hukumatga qarshi ko‘cha namoyishida qatnashishdan iborat edi”.

Shu bilan birga, Eron sudi Afkarini nafaqat hukumatga qarshi mitinglarda qatnashishda, balki 2018-yilda Shiraz shahrida qo‘riqchini o‘ldirishda ham aybdor deb topdi.

Afkari bilan birga uning ikki ukasi Vohid va Habibga ham sud hukmi o‘qilgan. Ularning biri 54 yilga, ikkinchisi esa 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют