» » APL. “Arsenal” 2020/21-yilgi mavsumni ochib bergan London derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi

APL. “Arsenal” 2020/21-yilgi mavsumni ochib bergan London derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Arsenal” 12-sentabr, shanba kuni “Fulhem” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Aleksandr Lyakazett mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Gabriel “to‘pchilar”ning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 57-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Angliya Kubogi va Superkubogining amaldagi sohibi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

“Arsenal” keyingi turni 19-sentabr kuni “Vest Hem”ga qarshi o‘tkazsa, “Fulhem” “Lids” mehmoni bo‘ladi.

APL

1-tur bahsi

12-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 8 Lyakazett, 0:2 – 49 Gabriel, 0:3 – 57 Obameyang.

“Fulhem”: Rodak, Brayen, Odoi, Xektor, Rim, Onoma (Dekordova-Rid, 75), Kebano (Zambo-Angissa, 63), Kerni, Rid, Kavaleyru, Kamara (Mitrovich, 63).

“Arsenal”: Leno, Belyerin, Gabriel, Xolding, Meytlend-Naylz, an-Nenni, Djaka (Sebalos, 79), Villian (Pepe, 76), Tirni, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 87).

Ogohlantirishlar: Xektor (26), Obameyang (39), Belerin (55), Kerni (61).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют