» » Hamma sig‘adi: Moskva-sitida 354 metr balandlikdagi 300 o‘rinli yozgi ayvon

Hamma sig‘adi: Moskva-sitida 354 metr balandlikdagi 300 o‘rinli yozgi ayvon


Yevropada Birinchi may bayramiga ochiq osmon ostidagi eng baland ayvon ochiladi. Uni stratosferadan faqat suriladigan kabriolet tom ajratib turadi, deb yozadi Forbes.

Moskva-sitidagi “Oko” osmono‘par binosida 354 metr balandlikda “Toza havoda” yozgi ayvoni ishga tushmoqda. Ayvon osmono‘par bino 85-qavatida joylashgan Ruski restorani tomida joylashgan. Restoranda yuz beradigan barcha hodisalar Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritish uchun da’vogar.

Bu yerda kirish oldidan barchaga shuba tarqatiladigan eng sovuq bar, eng katta rus pechi va eng murakkab menyuni uchratish mumkin.

Yozgi ayvon 1 300 kvadrat metr maydonni egallagan hamda 300 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozir tom ko‘kalamzorlashtirilgan va u turli pikniklar uyushtirish uchun tayyor. Ayvonni yomg‘ir, shamol va Quyoshdan yengil yig‘iluvchi alyumin kabriolet tom himoya qiladi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют