» » APL. “Liverpul” 7 ta gol urilgan bahsda “Lids”ni mag‘lub etdi, Muhammad Salohdan het-trik

APL. “Liverpul” 7 ta gol urilgan bahsda “Lids”ni mag‘lub etdi, Muhammad Salohdan het-trik


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 1-turida “Liverpul” 12-sentabr, shanba kuni “Lids”ni qabul qildi.

Uchrashuv debyutida maydon egalari penalti ishlab oldi, uni Muhammad Saloh golga aylantirdi. 12-daqiqada Jek Harrison hisobni tenglashtirdi.

20-daqiqada Virjil van Deyk burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Bunga mehmonlar 30-daqiqada Patrik Bemfordning goli bilan javob qaytardi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib, Saloh dublini rasmiylashtirgan holda “qizillar”ning uchinchi golini urdi.

66-daqiqada Mateush Klix yana uchrashuvdagi hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida mersisaydliklar yana penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasidan Saloh unumli foydalandi.

Shu tariqa APL amaldagi chempioni 2020/21-yilgi mavsumning ilk o‘yinida Chempionship g‘olibini taslim etdi.

APL

1-tur bahslari

12-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 4, penalti Saloh, 1:1 – 12 Harrison, 2:1 – 20 van Deyk, 2:2 – 30 Bemford, 3:2 – 33 Saloh, 3:3 – 66 Klix, 4:3 – 88, penalti Saloh.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Matip, 89), Gomes, van Deyk, Robertson, Keyta (Fabinyo, 58), Veynaldum, Saloh, Henderson (Jons, 66), Mane, Firmino.

“Lids”: Melye, Kox, Eyling, Dallas, Streyk, Fillips, Ernandes (Roberts, 62), Klix (Sheklton, 81), Harrison, Elder Koshta, Bemford (Rodrigo, 62).

Ogohlantirish: Firmino (76).

Gol: 1:0 – 13 Zaha.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют