» » 36 yil avval muxbir bo‘lib ishlagan Kianu Rivz Teddi ayiqchalari haqida tayyorlagan reportajdan parcha (video)

36 yil avval muxbir bo‘lib ishlagan Kianu Rivz Teddi ayiqchalari haqida tayyorlagan reportajdan parcha (video)


Twitter tarmog‘ida yosh jurnalist Kianu Rivz Kanadadagi Teddyi ayiqchalari anjumanidan tayyorlagan 36-yil avvalgi videorolik paydo bo‘ldi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

Kianu 20 yoshida CBC telekanalidagi “Going Great” bolalar shousida muxbir bo‘lib ishlagan. U hozir 56 yoshda.

Who better to honour a childhood favourite than Canada's beloved Keanu Reeves!

Happy #NationalTeddyBearDay! pic.twitter.com/7JWJKbVbqX

— CBC (@CBC) September 9, 2020

9-sentabr kuni Teddi ayig‘i sharafiga bayram nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan CBC yosh Rivzning reportajidan parchalarni Twitter tarmog‘iga joyladi.

Videoning boshlanishida aktyor ushbu tadbirda aqldan ozish mumkinligini va nima uchun ayiqlar “Teddi” deb nomlanishiga qiziqadi. U ayollarning biridan ayiq bolasi qayerda o‘qiganini so‘raydi, ayol “Panjalarni tayyorlash maktabida” deb javob beradi.

Ushbu videoning to‘liq versiyasi Facebook tarmog‘iga ham joylashtirildi.

Keanu Reeves Reports on Teddy Bears!

Who better to honour a childhood favourite than Canada's beloved Keanu Reeves! Happy #NationalTeddyBearDay!

Geplaatst door CBC op Woensdag 9 september 2020

Internet foydalanuvchilari videoni juda yaxshi qabul qildi va yosh Rivzni yoqimtoy deb baho berdi. Ko‘pchilik aktyor bilan giflarni baham ko‘ra boshladi.

Ushbu reportajdan 5 yil o‘tgach Kianu “Bill va Ted” komediyasida rol o‘ynadi. Yaqinda bu filmning davomi yetuk aktyorlar ishtirokida namoyish etildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют