» » Sochlar tez kir bo‘lmasligi uchun qanday yo‘l tutish kerak? Mutaxassis maslahati

Sochlar tez kir bo‘lmasligi uchun qanday yo‘l tutish kerak? Mutaxassis maslahati


Ko‘pincha kunning ikkinchi yarmiga kelib sochlar kir bo‘lgani yaqqol sezila boshlaydi. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin? Soha mutaxassisi Karina Kotova savollarga javob berdi.

Nega sochlar yuvilgan kunning ikkinchi qismidayoq kirdek tuyuladi?

Qoida tariqasida, yog‘li teriga ega bo‘lgan siyrak sochlar haqida misol qilish mumkin. Terining sekretsiya bezlaridan tabiiy ravishda yog‘ ajralib chiqadi va u soch uzunligi bo‘ylab juda tez tarqaydi. Bunday hollarda yog‘li bosh terisi yoki teri muvozanatini me’yorlashtiradigan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar sochlar quruq bo‘lsa-yu, lekin aynan yuqoridagi holat takrorlanayotgan bo‘lsa, unda sochni yaxshilab yuvish kerak. Chunki soch yuvish vositalari yaxshi yuvilmaganligi bois ham shunday vaziyatlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ikki marta shampun surib, yaxshilab ko‘pirtirish va ko‘piklangan holatda 1 daqiqadan so‘ng yuvish tavsiya etiladi.

Bu noo‘rin parvarish tufayli bo‘lishi mumkinmi?

Albatta, bo‘lishi mumkin. Masalan, soch terisi yaxshi, ammo uni tiklash niyatida yana tiklovchi vositadan foydalanishadi. Odatda qayta tiklovchi shampunlar asta-sekinlik bilan bosh terisini tozalaydi, bu esa ayrim qizlar uchun yetarli hisoblanmaydi. Agar bosh terisi yog‘ga moyil, lekin sochning uzunligi yaxshi bo‘lsa, unda individual aralashmadan foydalanish mumkin. Misol uchun, soch hajmi yoki namlantirish uchun shampun, konditsioner esa ozuqalanishi va tiklash uchun.

Niqoblar tez kir bo‘ladigan bosh terisiga ta’sir qiladimi?

Ayrimlar soch ildizlariga konditsioner va niqoblar surtadi va bundan so‘ng, albatta, ular o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki ular bosh terisi uchun emas, soch tolasi uchun mo‘ljallangan. Ularni qo‘llash uchun, avval bosh shampun bilan yuviladi va sochning uzunligi bo‘ylab oz miqdora konditsioner suriladi. Agar vosita bosh terisiga tegmasa, keyinchalik yog‘lanish holati kamayib boradi.

Noto‘g‘ri tanlangan vositalar ham sabab bo‘ladimi?

Albatta, aslida nomunosib mahsulotlardan foydalanish buning asosiy sababi bo‘lishi mumkin. Mum yoki shunga o‘xshagan vositalardan iloji boricha qochish kerak. Boshqa tozalalsh vositalari esa sochlarni chiroyli ko‘rinishida yordam beradi. Agar ertalab uyg‘onganda sochlarni yuvishga to‘g‘ri kelsa, ammo bunga vaqt bo‘lmasa, nima qilish mumkin? Bunday paytda eng yaxshi yechim – soch turmagi hisoblanadi. Sochlar tepaga yig‘ishtirilib, so‘ng bitta o‘rim tarzida o‘rash paytida soch qismlariga maxsus qotiruvchi vosita sepilsa, kun davomida saqlanib turadiga, ajoyib soch turmagi hosil bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют