» » Andijon shahar hokimi 11 bolali oilaga sovg‘a-salom bilan tashrif buyurdi (foto)

Andijon shahar hokimi 11 bolali oilaga sovg‘a-salom bilan tashrif buyurdi (foto)


Andijon shahridagi “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Shukurjon va Nasibaxon Qodirohunovlar oilasida 11-farzand dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 12-sentabr kuni Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov mazkur xonadonga tashrif buyurdi. Bu haqda hokimlik matbuot kotibi Abdujalil Abdurahimov “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Shahar hokimi ushbu oila a’zolarni yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan tabriklab, oila ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan buyumlar: kir yuvish mashinasi, televizor, isitish pechi, bolalar aravachasi va yotog‘i, turli o‘yinchoqlar hamda boshqa zarur anjomlarni sovg‘a qildi”, deyiladi hokimlik bayonotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют