» » Yevroittifoq O‘zbekistonning Harakat strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma’lum qilindi

Yevroittifoq O‘zbekistonning Harakat strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma’lum qilindi


Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni 2017—2021-yillarda rivojlantirish Harakat strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda mamlakatda tashrif bilan bo‘lgan Yevroittifoqning Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Peter Burian ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Biz Harakat strategiyasini katta qiziqish bilan o‘rganib chiqdik. Bunga munosabat bildirish, hamkorlikdagi dastur va loyihalarimizda hujjatning yo‘nalishlarini aks etttirish niyatidamiz. Yevroittifoq O‘zbekistonning qo‘shnilari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotganini qadrlaydi. Mazkur yangi vaziyat Yevroittifoqning mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha loyihalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — ta’kidladi Peter Burian.

Loyihalar orasida sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanishga ko‘mak va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan hujjatlar mavjudligi qayd etildi.

Yaqin haftalar mobaynida 21,5 million yevro miqdoridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish yuzasidan kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari rahbarlarini menejmentga o‘rgatish dasturi ham davom ettiriladi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют