» » Adliya vazirligi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi

Adliya vazirligi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi


Adliya vaziri va jurnalistlar ishtirokida joriy yilning 11-sentabr kuni vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yaratilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazirlik, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTRD Korrupsiyaga qarshi kurashish global loyihasi hamda “SERT International” s.r.o`ning O‘zbekistondagi vakilllari ham qatnashdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Anjumanda adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi bo‘lib “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani e’lon qilindi.

Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ta’kidlashicha, ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi. Bu esa bir necha bosqichdan iborat.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining birinchi bosqichi 2019-yilning 1-yarmida amalga oshirildi. Bunda Adliya vazirligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi. Shu bois adliya organlari va muassasalarida fuqarolarga audio va video yozuv vositalaridan foydalanishga ruxsat berildi. Jamoatchilik nazorati esa xodimlarning javobgarligini oshirish imkonini yaratdi.

Shuningdek, vazirlik huzurida korrupsiyaga qarshi kurash kengashi tashkil etildi. Korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan vazifalar (vakolatlar) va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Internet tarmog‘ida notariuslar bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlar onlayn-translyasiya qilinishi yangiliklardan biri bo‘ldi. Bu orqali xodimlarni saralab olishning maksimal shaffofligiga va vijdonli notariuslarni ishga tayinlashga erishildi.

Strategiyaning ikkinchi bosqich 2019-yilning iyul oyidan 2020-yilning avgust oylarida amalga oshirildi. BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida “KPMG International” kompaniyasining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda, korrupsiyaga qarshi komplaens nazoratni joriy etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Ushbu loyiha doirasida vazirlik va uning muassasalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda korrupsiya xatarlari xavfi darajasi (492) bo‘yicha baholandi va tasniflandi.

Ikkinchi navbatda, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standarti asosida vazirlikning o‘ndan ziyod ichki hujjati tubdan yangilandi, vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi.

Uchinchi navbatda, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida vazirlik tizimidagi barcha yo‘nalishdagi korrupsiyaviy shart-sharoitlarni minimallshatirish hisobiga korrupsiya huquqbuzarliklari va jinoyatlari minimal darajaga tushirildi. Xodimlar o‘rtasidagi korrupsiya jinoyatlarni eng kam darajaga tushirildi. Masalan, 2019-yilda adliya organlari va muassasalarining 6 nafar xodimiga nisbatan jinoiy javobgarlik ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ularning 4 nafari korrupsiya jinoyatlari bo‘yicha ishlar bo‘lgan.

Uchinchi bosqich 2020-yilning iyun-avgust oylarida amalga oshirildi. “SERT International” s.r.s xalqaro tashkiloti tomonidan Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha audit o‘tkazildi. Natijada vazirlikka ushbu sertifikat berildi”, dedi Davletov.

Adliya vazirining aytishicha, mazkur sertifikat vazirlikning barcha vakili zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

“Agar ertaga bizning biror xodimimiz qonunbuzarlik qilib, korrupsiyaga qo‘l ursa, hamma sertifikat haqida gapiradi. Shu bois sertifikatning mas’uliyatini his qilib, o‘z ustimizda astoydil ishlashda davom etamiz. Bizda alohida komissiya, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi mavjud va ular kechayu kunduz korrupsiya masalalari bilan shug‘ullanadi, har bir vaziyatni tahlil qiladi va har yili audit o‘tkazadi”, dedi Ruslanbek Davletov.

Mavzuda doir:  Adliya vaziri: “Korrupsiya sabab davlat kimnidir o‘ldirishini bugungi XXI asrda qabul qilolmayman”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют