» » Rossiyalik muxlisasiga uylanayotgan aktyor, sevgiga ishonmaydigan Tuba Buyukustun. Turk kinosi yangiliklari

Rossiyalik muxlisasiga uylanayotgan aktyor, sevgiga ishonmaydigan Tuba Buyukustun. Turk kinosi yangiliklari


Turk yulduzlari orasidagi yangi munosabatlar ularning Instagram sahifasi kuzatuvchilari tomonidan darrov shov-shuvga aylanadi. Afsuski, ayrim rishtalar uzoqqa bormaydi, lekin ba’zilari mustahkam oila qurilishiga sabab bo‘ladi.

Murat Yildirim “Ramo” serialida suratga olish jarayonlarini tugatib, turmush o‘rtog‘i Imana kutib turgan treylerda ish boshladi. Murat matbuot bilan suhbati davomida:“Do‘stlar, avval ijtimoiy masofani saqlaylik, biz bu lahzani 6 oy kutdik. Sahnani va tomoshabinlarni ham juda sog‘indik”, deb karantin qoidalariga amal qilishni iltimos qildi. Shuningdek, Murat farzand haqidagi savolni javobsiz qoldirdi. Matbuotda yozilishicha, Muratning rafiqasi Imana sog‘lig‘idagi muammolar tufayli bir necha farzandidan ayrilgan.

Yangiliklarga ko‘ra, Tuba Buyukustun bilan sobiq futbolchi Ali Gunesh o‘z munosabatlarini yashirmoqda va bu matbuot tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlandi. Aktrisa Alining iti aks etgan surat ostiga shunchaki izoh qoldirdi va jurnalistlar buni maxfiy munosabat sifatida izohlay boshladi. Ammo Tuba e’lon qilgan “Sevgi yo‘q, endi yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan men bunga ko‘nikdim”, degan postidagi so‘nggi so‘zlarni matbuot aktrisa o‘zining bo‘sh qolgan yuragi haqida gapirdi, deb talqin qildi.

Aktrisa Melis Sezen “Sadoqatsiz” serialidagi aktyorlar tarkibiga qo‘shildi.

Matbuot Kerem Bursin va Xande Erchel o‘rtasidagi do‘stona munosabatga ishonmaydi, bu esa “Eshigimni qoq” serialiga qiziqishni orttiradi. Kuni kecha Xande o‘zining Instagram sahifasiga yangi fotosuratini joyladi va har bir buyumining narxi e’lon qilindi. Ammo hammaning e’tiborini tortga narsa Keremning sharhi bo‘ldi :“Men ham shu pozitsiyani qo‘llayman… Xuddi shunday”.

Agar matbuotning taxmini to‘g‘ri chiqsa, Kerem Xandeni rashk qilmoqda… Ammo keyinchalik Xandening otasi Kay Erchel Keremning profiliga a’zo bo‘lgan, Keremning onasi Chigdem Bursin esa Xandening sahifasini kuzatishni boshlagan. Endi esa faqat matbuot tomonidan to‘y kuni e’lon qilinishini kutish qoldi.

Tuan Tunal yaqinda qo‘lini so‘ragan qiz – Yana Mazanova bilan romantik ziyofat uyushtirdi. Aktyor bundan avval Xazal Filiz bilan turmush qurgan va 2018-yil juftlikning nikohi bekor qilingan edi.

Barish Arduch jurnalistlarning bir qancha savoliga javob berdi. Aktyor ta’til tugab, ish boshlanganligi haqida aytib o‘tdi. Shu yilning iyul oyi oxirida Barish Arduch va Gupse O‘zay 6 yillik munosabatdan so‘ng oila qurdi. “Go‘yo biz allaqachon turmush qurgandekmiz. Shuningdek, menga uzuk taqish yoqdi”, ? deydi Barish. To‘satdan amalga oshgan nikoh Gupsedagi o‘zgarish tufayli, degan xabarga Arduch o‘z fikrini bildirdi: “Biz farzandli bo‘lishni juda ham xohlaymiz. Agar bu borada yangilik bo‘lsa, albatta xushxabar bilan bo‘lishamiz. Ammo hozir siz o‘ylagandek emas”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют