» » AQShda politsiyadan 40 yil yashiringan qotil qo‘lga olindi

AQShda politsiyadan 40 yil yashiringan qotil qo‘lga olindi


AQShning Missisipi shtatida politsiya 1976-yilda amalga oshirilgan qotillikda gumonanib qidirilayotgan 61 yoshli Devid Li Eddsni qo‘lga oldi. Bu haqda, Daily Mail nashriga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Erkak 1976-yilning may oyida Texasda o‘z tanishini pichoqlab qo‘yganlikda ayblangan. O‘sha vaqtda jinoyatni issiq izidan fosh etishga muvaffaq bo‘linmagan. Ish 2014-yilda qayta ochilgan. Bunga politsiyachilar tomonidan o‘tkazilgan qotillik joyida topilgan DNK tahlili sabab bo‘lgan. Tahlil natijasida Eddsning jinoyat sodir etilgan joyning yaqinida yashaganligi aniqlangan.

2017-yilning boshida Edds so‘roqqa chaqirilgan. So‘roq davomida u qotillikka aloqadorligini butunlay rad etgan, biroq nima uchun uning DNKsi qotillik joyidan topilganini tushuntirib bera olmagan. Bir necha kun oldin unga nisbatan rasman ayblov ilgari surilgan, shundan so‘ng jinoyatchi yashiringan.

Poltsiyachilarda darhol Edds Missisipidagi o‘rmonda yashirinishi mumkin degan shubha uyg‘ongan, chunki u bu joylarni yaxshi bilgan va tez-tez bu yerda ov qilgan.

24-aprelda o‘tkazilgan operatsiyada Edds qalin o‘rmon ichidagi o‘zi yashagan chodir yonida qo‘lga olingan. U qo‘lga olinayotgan vaqtda qarshilik ko‘rsatmagan.

Yaqin vaqt ichida jinoyatchi Texas shtatiga ekstraditsiya qilinishi kerak. Uni qirq yil avvalgi ish bo‘yicha sud kutmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют