» » Buxoro viloyatida 239 nafar maktab o‘qituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi

Buxoro viloyatida 239 nafar maktab o‘qituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi


13-sentabr kuni Buxoro viloyat hokimligi binosida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda viloyatdagi qator maktab o‘qituvchilari va texnik xodimlardan koronavirusga olingan test natijalari e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 536 ta maktab faoliyat yuritadi. D. Mustafoyevaga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida viloyat pedagog kadrlari 28 053 nafarni tashkil etadi. Maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishidan oldin viloyatda barcha o‘qituvchi va maktab xodimlari koronavirusga test topshirishgan. Hozirga qadar 18 831 nafar o‘qituvchi va texnik xodimdan test olinib, ularning 239 nafarida koronavirus aniqlangan:

Avval O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinayotgani xabar qilingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida, Payariq tumanida esa 60 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab 14-sentabrdan onlayn darslar boshlanadi. An’anaviy ta’lim vaziyatga qarab tiklanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют