» » “Bavariya” ketma-ket beshinchi chempionligini rasmiylashtirib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi

“Bavariya” ketma-ket beshinchi chempionligini rasmiylashtirib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi


Myunxenning “Bavariya” klubi ketma-ket beshinchi bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Chempionat yakuniga 3 ta tur qolgan bo‘lsa-da, “Bavariya”ning raqiblari unga yetib olish imkoniyatini yo‘qotdi. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan va o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan “Leypsig” 31-turni golsiz durang bilan yakunladi.

“Bavariya” esa safarda “Volfsburg” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va chempionlikni rasmiylashtirdi.

Bu qiziq. “Bavariya” o‘z tarixida uchinchi bor safarda “Volfsburg”ni taslim etish orqali mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi — 2003, 2007, 2017.

Ma’lumot uchun, Germaniya Bundesligasi klublarining hech biri ketma-ket besh marta chempionlikni qo‘lga kiritmagandi. “Bavariya” bu borada birinchi bo‘ldi.

Germaniya Bundesligasi
31-tur o‘yinlari
29-aprel, shanba

Chetlatish: Alfredo Morales, 86 (I).

Gollar: David Alaba, 19 (0:1). Robert Levandovski, 36 (0:2). Robert Levandovski, 45 (0:3). Aryen Robben, 66 (0:4). Tomas Myuller, 80 (0:5). Joshua Kimmix, 85 (0:6).
Chetlatish: Luis Gustavo, 78 (V).

30-aprel, yakshanba
“Xoffenxaym” — “Ayntraxt” — 20:30

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют