» » Samarqandda yuk poyezdi quloqchin taqqan yigitni urib ketmaslik uchun favqulodda to‘xtashni amalga oshirdi

Samarqandda yuk poyezdi quloqchin taqqan yigitni urib ketmaslik uchun favqulodda to‘xtashni amalga oshirdi


6-sentabr kuni soat 06:43 larda Maroqand—Tinchlik yo‘nalishidagi yuk poyezdi Kattaqo‘rg‘on—Zirabuloq temiryo‘l bekatlarining 4-piketida harakatlanib ketayotganida favqulodda to‘xtashni amalga oshiradi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar qildi.

Xabarga ko‘ra Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallardan birida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan R.F. temiryo‘l izlari ichida quloqchin taqib ketayotganida orqa tomondan kelayotgan yuk poyezdining signal berishini eshitmagan.

Poyezd 17 yoshli yigitni urib yubormaslik uchun favqulodda tormoz berib, qiyinchilik bilan to‘xtagan. Qayd etilishicha, poyezd 15 daqiqadan so‘ng o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.

Holat mahalla va ta’lim muassasasida muhokama etilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 2018-yil 18-iyulda voyaga yetmagan o‘smir bilan bog‘liq fojia yuz bergani, tuman hududida poyezd temiryo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib o‘tib ketgani, 2018-yil 5-noyabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi N. S. qulog‘ida quloqchin bilan temiryo‘lni kesib o‘tayotganida poyezd urib yuborgani xabar qilingandi.

2019-yilda ham poyezdning odam urib yuborishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lgan. Xususan, 2019-yil 1-yanvar kuni soat taxminan 18:40 atrofida Jomboy—Bulung‘ur temiryo‘l bekatlari oralig‘ida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 39 yoshli ayolni urib yuborgan. Shu yili mart oyida Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya—Oqqovoq” temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 16-kilometrida yuk poyezdi Qibray qishlog‘ining Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan. Buxoroda 2019-yil 5-dekabr kuni elektrovoz temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yuborgan va u hodisa joyida vafot etgan.

2020-yili yanvar oyida Samarqand viloyatida poyezd urib ketishi oqibatida uch kishi, jumladan 8-sinf o‘quvchisi halok bo‘lgan. Shuningdek, 2020-yil 10-yanvar kuni soat taxminan 12:25 da yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasidan o‘tuvchi “Chortoq—Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96-kilometr 2-piketida ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni kesib o‘tayotgan 2-guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.

Mavzuga doir: Samarqandda naushnik taqib olgan velosipedchini Captiva urib yubordi. Velosiped haydovchisi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют