» » Chexiya hukumati mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi

Chexiya hukumati mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi


Chexiyaga COVID-19 kasalligining ikkinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda Chexiya televideniyesi efirida respublika hukumatining ilm-fan va tadqiqotlar bo‘yicha vakolatli vakili Roman Primula ma’lum qildi, deb xabar beradi Blesk.cz portaliga tayanib “RBK”.

“Agar koronavirus tezroq tarqalishda davom etsa va rasmiylar chora ko‘rmasa, oktabr oyi oxiriga borib mamlakat shifoxonalari imkoniyat chegarasidan tashqarida ishlaydi. Hozir biz koronavirusning tasdiqlangan holatlar sonining birinchi to‘lqiniga nisbatan yuqori o‘sish sur’atini ko‘rmoqdamiz”, – dedi Primula.

Ma’lum qilinishicha, Chexiya Yevropada koronavirus bilan kasallanganlar sonining o‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Chexiyada 12-sentabr holatiga ko‘ra, bir sutkada 1541 kishida koronavirus aniqlangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi kunga qaraganda 100 foizga ko‘proqdir.

Ayni paytda Chexiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 35,4 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Bemorlarning 453 nafari vafot etgan, 21,2 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

Avvalroq, Avstriya kansleri Sebastian Kurts koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng og‘ir epidemiologik vaziyat Venada kuzatilmoqda, bu yerda aniqlanayotgan kasallanish holatlari mamlakatdagi barcha yangi holatlarning taxminan yarmini tashkil qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют