» » Ming bir kechadagi odil shoh aslida qanday edi? Mashhur xalifa Horun ar-Rashid haqida

Ming bir kechadagi odil shoh aslida qanday edi? Mashhur xalifa Horun ar-Rashid haqida


Bundan 1234-yil oldin 786-yil 14-sentabr kuni Abbosiylar xalifaligi taxtiga xalifa al-Mahdiyning ogli Horun ibn Muhammad al-Mahdiy ibn al-Mansur otirdi. Shu tariqa islom olamining eng gullagan davri deya etirof etiladigan Xorun ar-Rashid davri boshlandi. Xosh, u haqiqatda ertaklarda tariflanganidek odil va ilmparvar xalifa bolganmi? Uning davri haqiqatda islomning oltin davrimi? Daryo bugungi maqolada shu va boshqa savollarga javob topishga harakat qiladi.

Beshinchi abbosiy xalifa bolmish Horun ar-Rashid 765-yilda Ray shahrida tavallud topdi. Otasi 775785-yillarda hukmronlik qilgan uchinchi abbosiy xalifa Muhammad al-Mahdiy bolib, onasining ismi Hayzuran yamanlik joriyalardan biri edi. Onasining kuchli xarakterga ega ekani uning saroydagi nufuzi oshishida va farzandlarining davlat tepasiga kelishida muhim rol oynagan. Bolaligi Bagdoddagi abbosiylar saroyida hashamat ichra kechgan Horun 15 yoshlarga yetganda katta janglarda ishtirok etdi va ularda qomondonlik ham qildi.

Jumladan, Mansur Abdulhakimning Horun ar-Rashid: tuhmatlar qilingan xalifa asarida quyidagi voqea bayon etiladi: Mahdiy farzandi Horunni ot choptirish, oq otish, nayza uloqtirish va jang sanati kabi oyin-mashqlar bilan band qildi. Horunning qaddi-qomati mustahkamlanib, baquvvat yigit bolib yetishganidan keyin, 163-yilda (hijriy) otasi uni Rum (Vizantiya)ga urushga jonatdi. Qoshinda Husayn ibn Qahtoba, Muso ibn Iyso va Abdulloh ibn Solih kabi mashhur va kuchli sarkardalar borligiga qaramay, Horunni qoshin boshligi (sarkardasi) qilib tayinladi. Bu paytda ar-Rashidning yoshi 15 dan oshmagan edi.

Vizantiyaga amalga oshirilgan milodiy 782-yilgi urushda Bosfor bogozi ichigacha kirib borib, bugungi Uskudargacha yetib boradi. Shu urushlar natijasida vizantiyaliklar bilan tinchlik sulhi imzolanishiga erishadi va ularga katta olponlar tolash majburiyatini yuklaydi. Shu tariqa zafar bilan qaytgan Horunga otasi tomonidan Misr, Suriya, Armaniston va Ozarbayjon yerlari voliyligi beriladi. Uning nomidan ishlarni xalifalikda yuksak ehtiromga ega bolgan barmakiylar oilasining boshligi Yahyo ibn Xolid Barmakiy boshqaradi.

Otasining vafotidan song xalifalik taxtiga akasi al-Hodiy otirdi. Uning 784786-yillardagi qisqa muddatli xalifaligidan song 786-yilda vafot etishi ortidan taxtga Horun ar-Rashid otirdi.

Horunning taxtga otirishi oson kechmadi. Sababi ozidan oldingi xalifa Musa al-Hodiy ogli Jafarni valiahd deb elon qilgan edi. Ammo Horun hokimiyatni egallashi bilan jiyanini taxtdan voz kechishga majbur qildi va xalifalik taxti Horunda qoldi. Bundan tashqari, Musa al-Hodiyning qattiqqol xarakteri va Horunning yumshoq xarakteri saroy ayonlarining Horun atrofida birlashishiga ham zamin hozirlagan edi. Onasi Hayzuran ham katta ogliga qarshi kichik ogli Horun yonida turdi.

Hodiyning vafoti borasida uning zaharlangani haqida malumotlar bor. Shunday qilib, Horun 786-yilda taxtga otirdi va oziga ar-Roshid, yani togri yoldan yuruvchi taxallusini oldi. Shu yili taxtga otirish arafasida uning forslik joriyasi ogil kordi. Unga Abdulloh deb ism qoydi va u keyinchalik al-Mamun taxallusi bilan taxtga otirdi. Bir yildan keyin Ming bir kechada eng gozal ayol sifatida tariflangan ayoli Zubayda ogil kordi. Ikkinchi farzandga al-Amin deb ism qoydi.

Xalifa oziga vazir qilib Yahyo ibn Xolid Barmakiyni tanlaydi va amalda davlat ishlari mazkur vazir tomonidan boshqariladi. Bu oila Horun xalifaligining dastlabki davrida katta imtiyozlarga ega boladi. Osha davr manbalarida qayd etilishicha, xalifa harbiy masalalar, sanat va ilmga asosiy etiborini qaratdi. Davlatni boshqarish esa Yahyo tomonidan amalga oshirildi. Ibn Xaldunning yozishicha, Yahyoning ogli Jafar Sulton rutbasini ham oldi.

Yahyo xalifadan keyingi eng yuqori lavozimli va qudratli shaxs sifatida qoldi. Devon xodimlarini tayinlash ham Yahyoga topshirildi. Xalifa esa oziga amir al-mominin va imom rutbalarini saqlab qoldi. Butun islom diyorida birlikni va tartibni saqlash maqsadida islom fiqhiga, shariatga va ahli sunna etiqodining mustahkamligiga bor etiborini qaratdi. Shu maqsadda bir qator adashgan toifalar, xususan, shialar bilan janglar qilishga ham majbur boldi. Islom ulkan imperiyani birlashtirib turuvchi asosiy vosita edi.

Horun ar-Rashid davridagi gullab-yashnash hech bir tarixchi tomonidan shubha ostiga olinmaydi. Savdo-sotiq ishlari Xitoy chegaralarigacha yetib keldi. Ammo savdo-sotiqning bunday rivojlanishi oddiy xalq turmushini yaxshilamagan deb hisoblanadi. Bunga esa uning hukmronligi davrida ijtimoiy tengsizlik sabab yuzaga kelgan bir qator xalq qozgolonlarini sabab qilib korsatadilar. Bunday harakatlar bazan diniy tusga ham ega bolardi. Masalan, xorijiylar va shialarning sunniylarga qarshi chiqishlari shular jumlasidandir.

Horun ar-Rashid hukmronligi yillarida ilm-fan ham juda yaxshi rivojlandi. Ozi yoshligidan koplab ilmlarni egallagani uchun ham xalifaligi zamonida ilmni rivojlantirishga etibor berdi. Zamondoshlari u haqida Rashidning fahmi, ulamolar fahmidir, deyishardi (Suyutiy, Tarixul xulafa). Uning ilmga bolgan etiborini baholashda u tashkil qilgan Baytul hikma, Donishmandlik uyi tashkilotini esga olishadi. Baytul hikma bir necha xona va zallarni oz ichiga olgan edi va unga Hindiston, Yunoniston, Forsdan kitoblar keltirildi, tarjima ishlari boshlandi.

Bazi xonalar kutubxona, ayrimlari maruza zali, boshqalari kitob chop qilishga moljallangan xonalar edi. Horun ar-Rashid Baytul hikmaga nasroniy tabib Masavayhni boshliq qilib qoyadi. Anqaradan keltirilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilishga buyuradi. Bu asarlar tibbiyot, astronomiya, falsafaga oid kitoblar edi. Bagdodga talabalar oqib kelardi, masjidlarda ilm halqalari kop bolar, bir masjid bir institut ishini bajarardi.

Amerikalik tarixchi Uilyam Dyurant yozadi: Tarixda qaysi podshoh Horun ar-Rashid kabi atrofiga aqlli olimlarni toplaganini bilmayman. Abu Yusufdek alloma davlatning bosh qozisi edi. Abdulloh ibn Muborak, Fuzayl ibn Iyoz, imom Molik va Shofeiy kabi olimlar shu davrda yashagan.

Abbosiylarning ilk yillarida Talosda Xitoy ustidan qozonilgan galaba xalifalikda ilmning rivojlanishida muhim omil bolib xizmat qildi. Asirga olingan xitoylik askarlardan qogoz ishlab chiqarish texnologiyasi, poroxlardan foydalanish texnologiyalari ozlashtirildi. Xalifalikning Samarqand, Bagdod, Damashq, Qohira kabi shaharlarida qogoz fabrikalari ishga tushirildi. Horun barcha davlat ishlarida qogoz ishlatishni yolga qoydi.

Horun ar-Rashid davri Islom davlatining oltin davri deb hisoblansa-da, lekin aynan uning hukmronligi yillarida Abbosiy xalifaligi parchalanishni va zaiflashishni boshladi. Bu davrni arabshunos Erik Valle Xalifalik davlatining parchalanish davri, deb ataydi.Sababi Horun xalifaligi davrida davlatning Afrika qismi ajralib ketdi. Dastlab 788-yilda Marokashda Hasan ibn Alining avlodidan Idris I xalifalikdan mustaqil bolib, idrisiylar sulolasiga asos soldi. Keyin esa Ifriqiya voliysi Ibrohim ibn Aglab 800-yilda ozini mustaqil deb elon qildi va xalifalikdan ajralib ketdi. Bugungi Tunis hududlarida mazkur sulola 903-yilgacha hukm surdi.

Yamanda 795-yilda abbosiylar voliysi Hammod al-Barbariga qarshi xalq qozgolon kotardi va u 804-yilga kelibgina bostirildi. Suriyada hamon ummaviylarga xayrixohlik kuchli edi. Horun 796-yilda Fazl ibn Yahyoni u yerda tartib ornatish maqsadida yubordi. Bulardan tashqari, Shomdan qochgan ummaviylar hamon Ispaniyada hukmronlik qilar va bu abbosiylarga jiddiy xavf tugdirib turar edi. Shuningdek, saroydagi muhit ham yomonlasha boshladi. Avvaliga, juda katta vakolatlar berilgan barmakiylar oilasiga bolgan munosabat keskin ozgardi. Tabariy bunga tort ehtimoliy sababni keltirib otadi.

Birinchidan, qarib qolgan Yahyo Barmakiy Makkaga ketishni xalifadan soraydi. Ammo xalifa orniga birorta farzandini tayinlashni sorab buni rad etadi. Yahyo Fazlni orinbosar sifatida tayinlaydi, ammo xalifa bu oringa Jafarni korishni istaydi.

Ikkinchidan, ayni shu paytda raqqalik bir ulamoning Yahyo va uning oilasining dahriy ekani haqidagi nomasi xalifa qoliga kelib tushadi.

Uchinchidan, Jafar ibn Yahyo 788-yildan buyon hibsda saqlanayotgan Hasan ibn Ali (r.a) avlodidan bolgan Yahyoni xalifa ruxsatisiz ozod qilib yuboradi. U Tabaristonda qozgolon kotargani uchun hibsga olingan edi. Jafarning bu ishi esa Xalifaga yoqmaydi.

Tortinchidan, Horunning Abbasa ismli singlisi bolib, uni Jafarga turmushga beradi. Lekin kelishuvga muvofiq bu nikohdan farzand tugilishi mumkin emas edi. Ammo shunga qaramay, Abbasa homilador bolib qoladi. Bunday haqoratli sababni Ibn Xaldun yoqlamaydi va beshinchi sababni ortaga chiqaradi, yani barmakiylar oilasining mamlakat moliya tizimini oziniki qilib olganini sabab qilib korsatadi. Shu tariqa 803-yilda Horun barmakiylarning yosh bolalaridan tashqari barcha azosini qirib tashlaydi.

Horun ar-Rashid davrini, xususan, xalifa shaxsini ideallashtirgan eng mashhur asar arablarning mashhur Ming bir kecha ertaklar turkumidir. Mutaxassislar uning shaxsining ideallashtirilishini bir nechta sabablar bilan tushuntiradi.

Birinchidan, uning adabiyotda tasvirlangan xususiyatlari, avvalo, axloqiy-ruhiy xususiyatlardir. U taqvoli, adolatli va saxovatli xalifa sifatida gavdalantiriladi. U hamjihatlik va adolat ustuvor bolgan hukmronlikni ozida mujassam etgan. Xalifaning shariatga, islom ahkomlariga, fiqhga katta etibor berishi va adashgan toifalar bilan qilgan mujodalalari unga nisbatan bunday qarashni tasdiqlagan. Xususan, u xalifalik rutbasiga haqiqiy oldingi buyuklikni qaytardi.

Ikkinchidan, Horun ar-Rashid va undan oldingi xalifa al-Hodiy ortasidagi katta farq ham unga nisbatan hurmat-izzatni yuqori bolishiga sabab bolgan omillardan biridir. Bu bir tomondan bolsa, ikkinchi tomondan uning davridagi nisbatan tinch hayot va undan keyin al-Amin va al-Mamun ortasida boshlangan taxt uchun kurashlar va fuqarolik urushlari ham uning shaxsiga bolgan ijobiy qarashni shakllantirgan. Abbosiy davlatini zaiflashtirgan mazkur mojaro islom tarixida tortinchi fitna deb nomlangan.

Uchinchidan, Horun ar-Rashidning ideal xalifa qilib tasvirlanishi risoladagi shahzoda, risoladagi amir qiyofasini yaratish yolidagi bir dasturni yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlardan biridir. VIII asrda islom olamida adabiy janr sifatida paydo bolgan amirlar kozgusi janrining maqsadi barcha amirlar ergashishi lozim bolgan komil shahzoda obrazini yaratish edi. Ming bir kecha mualliflari esa bunga prototip sifatida Horun ar-Rashidni tanlab olgan. Dastlab ogzaki tarzda tarqalgan Ming bir kecha XIII asrga, yani xalifalik zaiflashib qolgan davrga kelib bir joyga jamlandi va kitob holiga keltirildi. Bu davrda esa barcha kuchli, mukammal bir xalifaga muhtoj edi. Ming bir kechadagi Horun ar-Rashid esa ularning bu kemtigini toldirishi lozim edi.

Xulosa qilib aytadigan bolsak, xalifa Horun ar-Rashid haqiqatda tarixdagi eng murakkab shaxsiyatlardan biri bolib qolaveradi. Uning davrida amalga oshirilgan ilm-fan rivojidagi ishlar keyinchalik yuz bergan uygonish davriga asos yaratib berdi desak, mubolaga bolmasa kerak. Davlat siyosati va hududiy birlik borasida uning davrida boshlangan mahalliy hokimlarning qozgolonlari keyinchalik xalifalik tarkibidan Xuroson, Movarounnahr kabi olkalarning mustaqil bolib ajralib chiqishiga zamin hozirladi.

Xatib Bagdodiy ozining Tarixi Bagdod asarida Fuzayl ibn Iyoz tilidan Horun ar-Rashid faoliyatiga shunday baho beradi: Fuzayl ibn Iyoz aytadi: Men uchun mominlar amiri Horun ar-Rashidning olimidan ogirroq judolik yoq, agar iloji bolganida umrimdan unga bergan bolardim.

Abbosiylarning beshinchi xalifasi, amir-ul mominin Horun ar-Rashid 809-yil 24-mart kuni Xurosonning Tus shahrida 44 yoshida vafot etgan edi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 11:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -