» » Britaniyada hayvonot bog‘idagi pingvinlar karantinda zerikib qoldi. Ularga kayfiyatini ko‘tarish uchun pufak chiqaruvchi mashina sovg‘a qilindi (video)

Britaniyada hayvonot bog‘idagi pingvinlar karantinda zerikib qoldi. Ularga kayfiyatini ko‘tarish uchun pufak chiqaruvchi mashina sovg‘a qilindi (video)


Britaniyaning Nyukvey shahrida joylashgan hayvonot bog‘idagi pingvinlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida pufak chiqaradigan mashina sovg‘a qilindi. Bu haqda hayvonot bog‘ining Instagram sahifasida ma’lum qilingan deb yozadi Esquire.

Ta’kidlanishicha, karantin vaqtida hayvonot bog‘i yopilgani sababli pingvinlar sezilarli darajada ma’yus bo‘lib qolgan.

Hayvonot bog‘i xodimlari hayvonlar uchun qanday sovg‘alar kerak ekanligi yozilgan ro‘yxatni e’lon qilgan. Bunga befarq bo‘lmagan Little Surprises kompaniyasi hayvonlar haqida qayg‘urib, pufak chiqaradigan mashina sovg‘a qilgan.

Endilikda pingvinlar vaqtini chog‘ o‘tkazishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют