» » Germaniya tashqi ishlar vaziri: Trampning yaqinlari qirollik oilasi a’zolari kabi kutib olinmoqda

Germaniya tashqi ishlar vaziri: Trampning yaqinlari qirollik oilasi a’zolari kabi kutib olinmoqda


Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va uning yaqinlari o‘zlarini qirollik oilasi a’zolari kabi tutmoqda. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel ma’lum qildi, deb xabar beradi “MK.ru”.

“Kishini taajjubga soladigan holatlar bor. Masalan, Ivanka Trampning Germaniyaga tashrifi xuddi dunyo ahamiyatiga molik hodisa kabi yoritildi”, — dedi Zigmar Gabriel.

Vazirga ko‘ra, Ivanka Trampning Oq Uyda lavozimga tayinlanishi qarindosh-urug‘chilikdan boshqa narsa emas.

“Hech qachon saylanmagan oila a’zolari to‘satdan davlatning rasmiy vakillari sifatida paydo bo‘lishi va ularga deyarli qirollik oilasi a’zolaridek munosabatda bo‘linishi menda doim xavotir uyg‘otadi”, — ta’kidladi Germaniya tashqi ishlar vaziri.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют