» » “Abadiy ijarachi”: 15 marta turli klublarga ijaraga berilgan futbolchi APLda debyut qildi

“Abadiy ijarachi”: 15 marta turli klublarga ijaraga berilgan futbolchi APLda debyut qildi


Angliya Premyer Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Fulhem” — “Arsenal” uchrashuvida (0:3) “Fulhem” himoyachisi Maykl Hektor maydonda harakat qildi. Mazkur o‘yin u uchun Premyer Ligadagi debyut bo‘ldi.

Hektor 2009-yildan buyon 17 ta klubda to‘p surgan, shulardan 15 tasi ijara asosida. “Fulhem”ga qadar yamaykalik futbolchi Angliyaning turli oltita ligasida harakat qilgan.

“Men nihoyat Premyer Ligada debyut qildim va bundan cheksiz g‘ururdaman. Bu jamoa bilan kutgan o‘yinimiz emas edi, lekin men bundan yaxshiroq o‘ynashimizga va’da beraman”, — deb yozadi Hektor Twitter’dagi sahifasida.

“Fulhem” bir yillik tanaffusdan so‘ng yana yuqori divizionga qaytdi. Jamoa keyingi o‘yinini yana bir sobiq Chempionship vakili “Lids”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Hektor 1992-yil 19-iyulda tug‘ilgan. Maykl quyidagi klublarda ijara asosida harakat qilgan: “Braknell Taun”, “Didkot Taun”, “Havant va Uoterluvill”, “Oksford Siti”, “Horshem”, “Dandolk”, “Barnet”, “Shrusberi Taun”, “Oldershot Taun”, “Cheltnem Taun”, “Aberdin”, “Reding” , “Ayntraxt F”, “Hall Siti”, “Sheffild Uendsdey”.

Futbolchining transfer huquqi 2009—2015-yillarda “Reding” klubiga, 2015—2019-yillarda esa “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют