» » Foto: Ko‘p marotaba foydalanish mumkin bo‘lgan Apple himoya niqobi

Foto: Ko‘p marotaba foydalanish mumkin bo‘lgan Apple himoya niqobi


Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Apple kompaniyasi o‘z xodimlari uchun ishlab chiqargan ko‘p martalik Face Mask himoya niqobining surati bilan bo‘lishdi.

Apple Face Mask — texnologik gigant tomonidan o‘z xodimlari uchun yaratilgan ilk niqob hisoblanadi. Avvalroq gadjetlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya tibbiyot xodimlariga niqob chiqarib, tibbiyot muassalari uchun millionta niqob tarqatgandi.

Yangi niqob ustida iPhone va iPad’ni yaratish bilan shug‘ullanuvchi sanoat dizayni bo‘yicha muhandislar va mutaxassislar bo‘linmasi ish olib borgan. Aksessuar uch qavatdan iborat bo‘lib, u mayda zarralarni filtrlaydi.

Apple’ning ma’lum qilishicha, Face Mask niqoblarini yuvish va undan yana besh marotabagacha qayta foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Airbus aviakompaniyasi va Lamborghini zavodi ham tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshlagan edi.

Mavzuga doir: iPhone tibbiy niqobdagi yuzni taniy boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют