» » Tabassum insonni qanchalik o‘zgartirib yuborishini aks ettiruvchi suratlar

Tabassum insonni qanchalik o‘zgartirib yuborishini aks ettiruvchi suratlar


Fotosuratchi Jey Vaynshteyn bir qancha mamlakatni kezib “Men ulardan shunchaki tabassum qilishlarini so‘radim” nomli loyihasi uchun notanish odamlarni jinsi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidan qa’ti nazar suratga olgan. Vaynshteyn bir odamni ikki xil ko‘rinishda: jiddiy hamda tabassum qilgan holda suratga olgan. Fotosuratchining ijod namunasiga qarab, kulgi insonni qanchalik o‘zgartirishiga amin bo‘lish mumkin bo‘lgan suratlar bilan bo‘lishamiz.

1. Suratda Hindiston qishloqlaridan birida yashaydigan qiz, uyi oldida dugonasi bilan o‘ynayotgan bo‘lgan.

2. Suratdagi inson Singapur ko‘chalaridan birida avtobus kutayotgan bo‘lgan. 

3. Suratdagi qizaloq Hindiston ko‘chalaridan birida do‘stlari bilan vaqt o‘tkazayotgan bo‘lgan.

4. Fotusuratchi suratdagi qizni turar joyi yo‘qlar uchun yordam markaziga kiraverishda uchratgan.

5. Jey bulutli kunlarning birida Singapur metrosi yaqinidagi qizdan tabassum qilishini so‘ragan.

6. Dugonasi bilan birga Avstraliya yo‘lkalaridan birida kezib yurgan qiz ham fotosuratchi e’tiboridan chetda qolmagan.

7. Vaynshteyn Hindistondagi eski uyda istiqomat qiladiganlar tomonidan tushlikka taklif qilingan va oila a’zolarining biridan kulib suratga tushishni so‘ragan.

8. Jek suratdagi ayolni Gang daryosi yaqinida uchratganida havo bulutli va yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan.

9. Bu qiz dugonalari bilan birga Nayrobi tumanidagi bog‘da sayr qilayotgan bo‘lgan.

10. Suratda hind ayoli. U Dvarka shaharchasida turmush o‘rtog‘i bilan birga daryo yoqasiga yaqinlashayotgan bo‘lgan.

11. Vaynshteyn onasi bilan birga o‘ynayotgan boladan ham tabassum qilishni so‘ralgan.

12. Hindistonning Maxarashtra shtatida bo‘lib o‘tgan festivaldagi raqqos va musiqachilarni tomosha qilayotgan erkak ham fotosuratchi e’tiboridan chetda qolmagan.

13. Jey, oilasi bilan birga kezgan yoqimtoy qizchadan ham kulib kameraga qarashini iltimos qilgan.

14. Suratdagi erkak Hindistonning Gujarat shtatidagi, Gomti daryosi yaqinida joylashgan uyi darvozasi oldida turgan bo‘lgan.

15. Fotosuratchi suratdagi hind qizdan tabassum qilishini so‘raganida u Kochining sokin ko‘chalaridan birida dugonasi bilan o‘ynayotgan bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют