» » Sirdaryoda Nexia’sining davlat raqamini qog‘oz bilan yashirgan haydovchiga chora ko‘rildi

Sirdaryoda Nexia’sining davlat raqamini qog‘oz bilan yashirgan haydovchiga chora ko‘rildi


Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati IIB YHXBga yo‘llangan fotosurat asosida Nexia’sining davlat raqami belgisini karton qog‘oz bilan berkitgan holda, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchi ma’muriy jarimaga tortilganini xabar qildi.

“Haydovchi mashinasini xohlaganicha yuqori tezlikka chiqarib tezlikni o‘lchash moslamalariga tushmasligi yoki ma’lum jarimani to‘lashdan qutulishi mumkindir, lekin o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yishini qanday tushunish mumkin.

Haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida belgilangan tezlikdan oshirmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi boshqarma axborotida.

Xabarda Sirdaryo viloyatida mashinasining davlat raqami belgisini yashirib harakatlangan haydovchiga qanday miqdordagi ma’muriy jarima tayinlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob shahrida Nexia rusumli transport vositasining orqa tomoniga o‘rnatilgan davlat raqami belgisini yechib, o‘rniga o‘z ismi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan haydovchi jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Aniqlangan holat yuzasidan Ma’muriy javobargarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, TikTok videoservisiga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortilgani to‘g‘risida ham xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют