» » Oliy Majlis deputatlari pasport tizimini buzganlik uchun jarima miqdorini pasaytirish tashabbusi bilan chiqdi

Oliy Majlis deputatlari pasport tizimini buzganlik uchun jarima miqdorini pasaytirish tashabbusi bilan chiqdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 28-aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar birinchi navbatda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, ularning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, deputatlar fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalarni diqqat bilan o‘rganmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni hal etish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq choralar ko‘rmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilangan edi. Jarimaning 450 ming so‘m, ya’ni ancha yuqori miqdori fuqarolarning, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan fuqarolarning pasport olmasligiga yoki ularni amal qilish muddati o‘tganidan keyin almashtirmaslikni afzal ko‘rishlariga olib kelgan.

Deputatlar ushbu masalani joriy yil boshidan har oyda hududlarda o‘tkazilgan safarlari davomida batafsil tahlil qildi. Xalq bilan bevosita suhbatlashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni tashvishga solayotgan masalalarni aniqlash o‘z natijasini berdi. Parlament a’zolari jarima miqdorining eng past me’yorini aniqlashtirgan holda uning miqdorini pasaytirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют