» » Namangandagi 15 ta maktabda darslar boshlandi. Ularning ikkisi yangidan qurib bitkazilgan

Namangandagi 15 ta maktabda darslar boshlandi. Ularning ikkisi yangidan qurib bitkazilgan


Bugun, 14-sentabr kuni Namangan viloyatidagi 15 ta umumta’lim maktabida an’anaviy tarzdagi darslar boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Joriy yil 7 va 9-sentabrda ochilgan 24 ta maktabni ham qo‘shganda viloyatda faoliyatini boshlagan jami maktablar soni 39 taga yetdi.

Namangan shahridagi 86-umumta’lim maktabi va Kosonsoy tumanidagi 54-umumta’lim maktabida darslarning boshlanishi qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi. Boisi bu ikki maktab ham 2020-yil yangidan qurib bitkazildi. Buning uchun tegishli ravishda 8,5 va 8,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Bugun ochilgan maktablarga ilk bor qadam qo‘ygan 1400 nafarga yaqin 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida 2020-yili jami 6 ta yangi umumta’lim maktabi foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatida 2020-yil 25—26-avgust kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ishtirok etgan 395 ming nafar o‘quvchining ota-onasi (80 foiz) farzandlari uchun an’anaviy o‘qish usulini tanlagan. 96 ming nafardan ortiq o‘quvchining ota-onasi esa (20 foiz) onlayn darslarni ma’qul deb topgandi.

Mavzuga doir:Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют