» » Samsung Flip2: jamoaviy ishlash uchun zamonaviy yechim

Samsung Flip2: jamoaviy ishlash uchun zamonaviy yechim


Biznes-vazifalarni jiddiy muhokama qilish yoki to‘g‘ri taqdimotlar ko‘pincha kompaniya faoliyati qanchalik samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishini belgilab beradi. Ma’lumotlarni namoyish qilish uchun oddiy oq doska va marker o‘tmishda qolib ketdi – ko‘plab zamonaviy kompaniyalar ilg‘or yechimlardan – raqamli displeylardan foydalanadilar.

O‘zining portfoliosida barcha sohalardagi biznes uchun turli xil dolzarb va keng ko‘lamli yechimlarga ega bo‘lgan Samsung kompaniyasi – Samsung Flip2 professional “aqlli” displeyni taqdim etadi. Ushbu vosita qanday qilib hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradi?

Qog‘ozda qalam bilan yozganday.

Samsung Flip2 sizga katta ekranda odatlanganingizdek osonlik bilan yozuvlarni kiritishga imkon beradi. Ammo qalam yoki marker o‘rniga siz maxsus stilusdan foydalanishingiz mumkin, flipchart asboblar qutisidan rang, uslub va chiziq qalinligini tanlaysiz – va yozasiz yoki chizasiz. Buni bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha foydalanuvchi bajarishi mumkin. Hamma narsa barmoqlaringiz yoki kaftingizning oddiy harakati bilan o‘chiriladi.

Qulay boshqaruv.

Samsung Flip2 bilan ishlash juda qulay: istalgan rasmlarni tanlashingiz, joyini o‘zgartirishingiz, qirqishingiz va tahrirlashingiz yoki tahrirlash qulayroq bo‘lishi uchun, tugmachani bir marta bosish bilan birlashtirishingiz mumkin. Simsiz nusxalash funksiyasi yordamida Microsoft Word, PowerPoint yoki PDF hujjatlarini kompyuteringizdan yoki mobil qurilmangizdan katta ekranga chiqarishingiz mumkin. Ushbu va boshqa dasturlardan Office 365 o‘rnatilgan qurilmaning o‘zida foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari Internetda ishlash uchun o‘rnatilgan veb-brauzer mavjud. Flip-chartdan taqvim, jadval, eslatmalar uchun bloknot yoki rejalangan ishlar paneli sifatida ham foydalanish mumkin – bu yerda juda ko‘p variantlar mavjud!

Ulanish oson. Aytgancha, qurilmangizni Samsung Flip2’ga turli xil usullar bilan ulashingiz mumkin: Wi-Fi, USB yoki HDMI-kabeli, NFC yorlig‘i va ekranni nusxalash yoki oddiy fleshka. Ko‘p portli adapter esa sizning ulanish imkoniyatlaringizni yana-da kengaytiradi.

Qulaylik va xavfsizlik.

Samsung Flip2’dagi ma’lumotlaringizning xavfsizligi haqida tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi. Professional displey xavfsiz simsiz ulanish, operatsion tizimning avtomatik yangilanishi, foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun LDAP sinxronizatsiyasi, fayllarni xavfsiz saqlash, ma’lumotlarni himoya qilish uchun 6 xonali parollar bilan himoyalash, masofadan boshqarish va boshqalar kabi zamonaviy xavfsizlik yechimlari bilan jihozlangan. Maxfiy ma’lumotlar hech qachon begona qo‘llarga tushmaydi!

Nozik dizayn. 55 dyuymli Samsung Flip2ning zamonaviy yangi tagligi bilan yana-da ko‘proq qulaylik yaratadi: endi flip chartni har qanday qulay joyga joylashtirishingiz va ish joyingizni kengaytirishingiz mumkin. Ekranni ham vertikal holatga qaytarish mumkin. Unga qarash ham juda yoqimli - mayin ramkalar tufayli displey havoda suzib yurganday tuyuladi. Model ishlatilmaganda minimal joyni egallaydi. 65 yoki 85 dyuym diagonalli Samsung Flip2ni esa kontentni katta ekranda kengroq auditoriyaga namoyish qilish uchun devorga osib qo‘yilishi mumkin.

Samsung Flip2’ning professional displeyi O‘zbekistonda mavjud va aloqa sohasida samarali yechimlarni qo‘llash va biznes jarayonlarini optimallashtirishga intiladigan kompaniyalar uchun juda foydali bo‘ladi.

Xarid qilish shartlari va narxlari bo‘yicha Akfa Lighting LED ga murojaat qilishingiz mumkin.

+998 78 141 44 44; +998 97 779 88 44

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют