» » Venetsiya kinofestivali 77-mavsumining yopilish marosimidagi eng esda qolarli obrazlar (foto)

Venetsiya kinofestivali 77-mavsumining yopilish marosimidagi eng esda qolarli obrazlar (foto)


12-sentabr kuni Lido orolida bo‘lib o‘tgan 77-Venetsiya kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin sabab boshqa tadbirlar singari festivalda ham bir qancha o‘zgarishlar kuzatildi: shou-biznesning aksariyat vakillari ishtirok etishga muvaffaq bo‘lmadi, mehmonlar qat’iy chora-tadbirlarga amal qilishiga to‘g‘ri keldi. Ekspertlarning ta’kidlashiga qaraganda, qiyinchilik va cheklovlarga qaramasdan festivalning bunday katta masshtabda o‘tkazilishi kino tarixida qolishiga shubha yo‘q.

Festivalning asosiy konkursida 18 ta kartina taqdim qilingan bo‘lib, asosiy sovringa rejissor Xloya Chjaoning “Nomadland” filmi loyiq deb topilgan. Eng yaxshi rejissorlik ishi uchun beriladigan “Kumush sher” mukofoti Kiyosi Kurosavining “Josusning rafiqasi”, gran-pri esa Mishel Frankaning “Yangi tartib” filmi uchun berilgan.

Festival nafaqat unda taqdim qilingan filmlar, balki undagi yulduzlarning o‘ziga xos obrazlari bilan ham esda qolarli bo‘lgan. E’tiboringizga yulduzlarning eng chiroyli obrazlarini taqdim qilamiz.

Keyt Blanshett, Armani Prive taqdim qilgan obrazda

Vanessa Kirbi taqdim qilgan obrazda

Nayan Gonsales Norvind, Kris Goyri libosi va Gucci taqinchoqlarida

Serena Rossi, Emporio Armani libosida

Anna Foletta, Giorgio Armani libosida

Mishel Karpente, Antoni Marras taqdim qilgan obrazda

Lyudivin Sanye

Mariana Saffon

Roberta Armani

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют