» » Yirtqichlarga qarshi kurashib kelgan fransiyalik qutqaruvchini akula tishlab o‘ldirdi

Yirtqichlarga qarshi kurashib kelgan fransiyalik qutqaruvchini akula tishlab o‘ldirdi


Umrini akulalarga qarshi kurashga bag‘ishlagan fransiyalik qutqaruvchi Hind okeanidagi Reyunyon orolida dengiz yirtqichining hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qutqaruvchi belgilanmagan joyda syorfing bilan shug‘ullanayotganida yo‘lbars nahangi unga hujum qildi. Yirtqich uni o‘ng sonidan tishlab oldi. Og‘ir jarohatlar olgan erkakning joni yarim soat ichida uzildi.

U Shark Watch Patrol tashkiloti faoli edi. Mazkur tashkilot nahanglarning odamlarga hujum qilishiga qarshi kurashib keladi, bunday holatlarni bartaraf qilish borasida ishlar olib boradi.

Erkak akulalarning turmush tarziga qiziqar va ularning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib borar edi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют