Shahzoda Muhammedova — eng yaxshi boshlovchi, Lola imtihonda, san’atkorligidan qiynaladigan Munisa. Instagram’dan daraklar
14-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Hilola Hamidova 13-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi.
????????????????????????????
“Dizayn” kulgi jamosi vakili Sa’dulla Fathullayev folloverlariga 2020-yilni unutib yuborishni maslahat berdi.
Yil shunaqa tarzda o’tib ketti nimayam dimiz esimizdan chiqaramiz????
Rejissor Jahongir Ahmedov biror vaziyat haqida shoshilinch xulosa chiqarmaslik haqida ibratli hikoya bilan o‘rtoqlashdi.
Bir do'stim yangi tug'ilgan farzandiga atab osh beradigan bo'ldi. Tong yorishib ulgurmasdanoq, ulfatimizdagi barcha, aytilgan restoranga yig'ildik. Shunday kunida yonida turaylik deb, hammamiz restoran kiraverishida bir qator bo'lib, salobat to'kib turardik. "Abror kelmadimi", deb so'rab qoldi osh berayotgan do'stim. "Kelib qolar, hali vaqt bor-ku", dedim. Tong yorishib, tumonat odam yig'ilib ketdi. Odamlar restoranga saf-saf bo'lib kirishar, saf-saf bo'lib chiqishar edi. Bu orada dasturxon egasi yana menga yaqin keldi. "Abror kelmadimi", so'radi yana. "Yo'q", dedim past ovozda. "Bilardim kelmasligini, o'g'illik bolganimni hazm qilolmadi u. Ichi qoraligicha qopti", dedi jahl bilan. Suhbatga boshqa do'stlarimiz ham aralasha boshlashdi. "O'zi oxirgi paytlarda puli ko'payib, odamni mensimay qolgan!", gapni boshqasi uladi. "Vijdoniniyam pulga sotvorgan bu!". "Ey xotini borma degan". "Xotinquliku Abror!". "Xotiniyam mayli, o'zida oqibat yo'q!". Xullas osh tugaguncha Abrorning g'iybati to'xtamadi. Mehmonlar tarqab, osh yeyish navbati bizga yetdi, hammamiz dasturxon atrofiga yig'ilgan ham edik, xizmat qilib yurgan bolalardan biri shoshib kelib, meni imlab chaqira boshladi. O'rnimdan turib, oldiga bordim. Rangi oqarib ketgandi. Uni yetkazgan xabaridan meniyam rangim oqardi. Abror tongda o'z mashinasida oshga kelayotganda avariyaga uchrabdi. O'sha zahotiyoq joni uzilgan ekan. Cho'ntagidan osh berayotgan do'stimizga deb konvertga solingan 500$ to'yona va mashinasidan chaqaloqqa olingan o'yinchoq samolyot chiqipti. Osh ham yemay, hammamiz janozaga otlandik.
Munisa Rizayeva san’atkor bo‘lishning qiyinchiliklari haqida so‘z yuritdi.
Sanatkor bolish judda ham qiyin !!! Nega deb savol bersela - javob shunaqa : Nima bolishidan qattiy nazar sahnaga chiqib ashula aytish kerak!!! Oldim deganimda ham , koz yosh bolsa ham kozimda , yuragim ogrisa ham, kimdur olsa ham - baribir oynab va kuuuuuliiiibbbb turishim kerak ????????
Andijonlik muxlisining to‘yini qizdirgan Zohirshoh Jo‘rayev.
Андижонликлар даврани ашна?а ?издиришади?????????????????
Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
???????????? #sunshine #t?rkiye
Shahzoda Muhammedova “Milliy” telekanali tomoshabinlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha eng yaxshi boshlovchi deb topildi.
????@milliytvofficial_new va @ayol_brilliant_korsatuvi kadr ortidagi ijodkorlariga va muxlislarga raxmat!!!Meni mexnatimni eng ko'p ovoz bilan a'lo baxolaganingiz uchun tashakkur MTV.???? Men o'z o'rnimga ????@ranozakirova__ ga birinchilikni bergan bo'lar edim.Chunki ular mendan xam chiroyli nutq ila o'z loyixalarini olib boradilar.????
Zarina Nizomiddinova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
“Live a life you will remember “????
Xonanda Lola imtihonga kelganini ma’lum qildi, biroq aynan qanday imtihon ekanligiga izoh bermadi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
