» » “O‘zbekneftgaz” Ai-92 markali benzin narxini 15-sentabrdan boshlab arzonlashtiradi

“O‘zbekneftgaz” Ai-92 markali benzin narxini 15-sentabrdan boshlab arzonlashtiradi


“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi o‘zining UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida sotilayotgan Ai-92 markali benzin narxini arzonlashtirmoqda. Narxlar bozor munosabatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 15-sentabr kunidan boshlab AYoQShlardagi import qilingan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 so‘mdan 5500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5800 so‘mdan 5500 so‘mga arzonlashtiriladi.

“Bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi, ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi”. — deya ma’lum qilgan UNG Petro direktori Mirzohid Musayev.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot Telegram boti orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-92 benzinining narxi 2020-yilning may oyida 5000 so‘mgacha arzonlashgandi.

Mavzuga doir: Farg‘onada 2023-yildan boshlab Ai-92 benzin va “Yevro-5” standartidagi dizel ishlab chiqariladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 15) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют